Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida «Davlat xizmati töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama etilmoqda, u uşbu sohadagi munosabatlarni tartibga solişi va davlat xizmati mexanizmini takomillaştirişi lozim.
Qonun loyihasining moddalaridan biri (25), barça davlat xizmatçilariga (texnik guruh xodimlari toifasidagilar bundan mustasno) har yili mol-mulki haqida deklaratsiya, daromadlari va katta xarajatlari töğrisida ma'lumot berişini majburiy qilib qöyişni taklif etmoqda.
Agar qonun qabul qilinsa, davlat xizmatçilari öz oila a'zolari, şu jumladan ota-onasi, turmuş örtoği, farzandlarining mol-mulki, daromadlari va xarajatlari töğrisidagi deklaratsiyani taqdim etişga majbur böladi.
Ayrim toifadagi davlat xizmatçilari uçun (ularning röyxati prezident tomonidan belgilanadi) mulkka, daromadlarga va katta xarajatlarga qöşimça talablar belgilanişi mumkin.
Davlat xizmatiga qabul qiliniş uçun barça nomzodlar, ularning birinçi darajali qarindoşlari bölgan oila a'zolarini davlat xizmatiga kiriş vaqtida mol-mulk deklaratsiyasi, daromadlar va va katta xarajatlar töğrisidagi ma'lumotlarni taqdim etişi majburiy qilib qöyilişi mumkin.
«Deklaratsiyani topşirganlik haqidagi ma'lumot davlat xizmati işlari böyiça vakolatli organ tomonidan, nomzodning davlat xizmatiga qabul qiliş haqidagi qaror çiqarilgunga qadar tekşiriladi», - deyiladi loyihada.
Xizmatçi notöğri va töliq bölmagan ma'lumotlarni taqdim etsa (yoki umuman topşirmasa), bu uni işdan böşatişga asos böladi.
Hujjatni 5 iyunga qadar muhokama qiliş mumkin. Kuçga kiritilişi rejalaştirilgan sana - 1 iyul.











