Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekovning taklifiga binoan 3 sentabr kuni Qirğizistonga jönab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari bugun Çölpon ota şahrida bölib ötadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi sammitida iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev 3 sentabrda Qirğizistonga amaliy taşrif bilan borişi xabar berilgandi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga Özbekiston, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya a'zo davlatlar hisoblanadi.
Özbekiston uşbu kengaşga joriy yilning 30 aprelida rasman kirgan.












