26 iyul, juma kuni Parijda XXXIII yozgi Olimpiya öyinlarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tarixda birinçi marta u stadionda emas, balki suvda - Sena daryosida ötkazildi. An’anaviy milliy qayiq paradida 206 davlatdan 10 mingdan ortiq sportçi iştirok etdi. 

An’anaga köra, birinçi bölib öyinlar asosçisi - Gretsiya jamoasi suzib ötdi. Uning ortidan - qoçqinlar jamoasi. Keyin delegatsiyalar alifbo tartibida paydo böldi. Qayiqlar marşruti taxminan 6 km böldi va yakuniy şou Trokadero maydonida bölib ötdi. 

Olimpiada maş’alasini dzyudoçi Teddi Riner va yengil atletikaçi Mari-Joze Perek yoqdi – maş’ala bilan şar Fransiya poytaxti osmoniga kötarildi. Bu 1783 yil voqealariga işora - öşa paytda fransuzlar Jozef-Mişel va Jak-Etenn Mongolfe tomonidan ixtiro qilingan havo şarida birinçi parvoz sodir bölgan. Şundan söng qöşiqçi Selin Dion Edit Piafning LʼHymne a lʼamour qöşiğini ijro etdi. 

Taşkilotçilarga köra, oçiliş marosimini 320 mingga yaqin kişi, jumladan, 100 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari tomoşa qilgan. Tört soatga yaqin davom etgan şouda 3000 ga yaqin aktyor va raqqoslar iştirok etdi. 

Rossiya va Belarussiz Parijdagi Olimpiya öyinlari 

Rossiya va Belarus jamoalari Moskvaning Minsk kömagida Ukrainaga qarşi olib borayotgan uruşi sababli Parij Olimpiadasida qatnaşmadi. Şunga qaramay, 15 nafar rossiyalik va 17 nafar belaruslik sportçi neytral maqomda Olimpiada musobaqalariga qabul qilindi. Ular sportçilar paradida iştirok etmadilar. 

Avvalroq, şuningdek, Rossiya telekanallari 40 yil içida birinçi marta Olimpiada öyinlarini körsatmasligi ma’lum bölgan edi. Bu oxirgi marta 1984 yilda, SSSR terma jamoasi Los-Anjyelesdagi Olimpiadani boykot qilganida sodir bölgan edi.

Özbekiston ilk bor 90 nafar sportçi bilan qatnaşadi

Parij-2024 – Özbekiston delegatsiyasi mustaqil davlat sifatida iştirok etadigan sakkizinçi yozgi Olimpiya öyinlariga aylanadi. Özbekiston delegatsiyasi litsenziyalar böyiça öz rekordini yangilab, ilk bor 19 sport turida, 90 nafar sportçi bilan 75 ta yöllanmaga sazovor böldi. Bungaça rekord 1996 yilgi Olimpiadaga tegişli bölib, öşanda Atlantadagi musobaqalarda özbekistonlik 71 nafar sportçi qatnaşgan edi.