Xonanda Botir Qodirov otalikni belgilaş yuzasidan sudga da’vo arizasini kiritgani haqidagi xabarlarga Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov öz munosabatini bildirdi. Uning aytişiça, marhumning tiriklik vaqtida ham, olamdan ötganidan keyin ham uni muhokamaga qöyişga na Botir Qodirovning va na Şohjahon, Zohirşoh Jörayevning haqi bor.  

“Bu gapni Jörayevlarga, Zohirga ham aytdim. Xullas, nima bölganda ham uç tirrança bir buyuk odamni muhokamaga qöyib, ölimidan oldin ham qiliqlari bilan qança muhokamalarga sabab bölib, endi ötganidan keyin şu insonga nisbatan [harakatlarning takrorlanişiga] birontangning haqqing yöq edi. 

Nima bölgan taqdirda ham, bir buyuk odamni uç tirrança özining nafsi, maqsadi yölida loy bilan qoriştirişi, har xil sabablar bölişi... Bu masalada mening uçalasiga ham e’tirozim bor. Men uçun [Şerali Jörayev] ustoz özbek millatining ma’naviy boyligi, butun xonanda zotining ustozi, özbek xalqining qahramoni sifatida bu odam bunday işlarga loyiq emasdi”, – deydi u. 

Şuningdek, vazir Jörayevlarga bunday masalalarda ehtiyot böliş kerakligini tuşuntirganini aytgan. 

“Bular qilib turgan işlar... Bular hozir ehtiyot bölişi kerak: qiladigan işim, aytadigan gapim, qilgan xatti-harakatim otamga “minus” bölmaydimi deb. Hammasiga aytyapman, hali senlar obro‘ topib, bir narsani qoyillatganlaring yöq. 

Otang uçun hurmat qilyapti [Jörayevlar nazarda tutilyapti], kim hurmat qilayotgan bölsa, otangning ortidan. Şundan foydalanib turib, u odamning loyga çaplanişiga sabab bölişi kerak bölsa, bu mavzuning qözğalişida tabiiyki, uçala yigitning ham uluşi bor. Bu odam bunday işlarga loyiq emasdi, şuning uçun men bunga qarşiman”, – degan u. 

Bundan taşqari, izohining söngida Nazarbekov Botir Qodirovning otasi kim ekaniga oid ma’lumotlarni bilmasligini ta’kidlagan.