Xonanda Botir Qodirov otalikni belgilaş da’vosi bilan fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan, deb xabar berdi Kun.uz'ga Toşkent şahar sudi.
Ma’lum qilinişiça, Botir Qodirovning da’vo arizasi sudga 2024 yilning 19 mart kuni kelib tuşgan. Işni köriş 15 aprelga belgilangan. Javobgar vakili iş bilan tanişiş uçun işni körişni boşqa kunga qoldirişni söragani sababli navbatdagi sud majlisi 23 aprelga qoldirilgan.
23 aprel, seşanba kungi sud majlisida da’vogar vakilining körsatmasi eşitilib, guvohlarni işga jalb etiş va qöşimça dalillarni (fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tuğilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini) talab qilib oliş uçun işni köriş 2 mayga qoldirilgan.
Da’vo arizaga Adliya vazirligi huzuridagi Hadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassisining 2023 yil 29 sentabridagi fikri ilova qilingan. Ilovada Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Şeraliyeviçning amaki-jiyan ekani böyiça fikr berilgan.
Yangiyöl tumani FHDYo bölimi tomonidan 2008 yil 26 fevral kuni familiyasini “Jörayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Şerali öğli”dan “Şeraliyeviç”ga özgartirgani haqidagi 46- va 48-sonli ilovalar sudga taqdim etilgan.
















