AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakçisi Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş yöllarini muhokama qiliş uçun yuzma-yuz uçraşuv ötkazadigan davlat Saudiya Arabistoni böladi. Bu haqda Trampning 12 fevral, çorşanba kuni Rossiya prezidenti bilan telefon suhbatidan bir neça soat ötib Oq uyda jurnalistlar bilan suhbati çoğida qilgan bayonotida aytiladi.
«Biz Saudiya Arabistonida uçraşamiz», — deya AQŞ davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltiradi AFP agentligi. Hatto saylovoldi taşviqoti paytida ham Donald Tramp Ukrainadagi uruşni tugatişga erişiş niyatida ekanini bir neça bor ta’kidlagan.
Jurnalistlar bilan suhbatda Tramp, şuningdek, Ukrainaning NATOga a’zo bölişini maqsadga muvofiq deb hisoblamasligini va uning fikriça, Kiyevning Rossiya nazorati ostida bölgan barça hududlarni qaytarişi «imkoni yöq» ekanini aytdi.
Trampning Putin bilan telefon suhbati
CNN ta’kidlaganidek, Oq uy va Kreml matbuot xizmatlari 12 fevral kuni xabar bergan Tramp va Putin örtasidagi telefon suhbati Trampning AQŞ prezidenti sifatidagi ikkinçi muddati boşlanganidan beri birinçi tasdiqlangan telefon muloqotidir.
Trampning ta’kidlaşiça, prezidentlar «Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda millionlab odamlarning ölimini töxtatişga rozi böldi». Şuning uçun, uning sözlariga köra, siyosatçilar öz jamoalari «zudlik bilan muzokaralarni boşlaş» haqida kelişib oldi. AQŞ prezidenti Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga qönğiroq qilib, suhbat haqida xabardor qilişga va’da berdi.
«Men davlat kotibi Marko Rubio, Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Ratkliff, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uolts hamda elçi va maxsus vakil Stiv Vitkoffdan muzokaralarga rahbarlik qilişni söradim», — deya qöşimça qildi u.
CNN ma’lumotlariga köra, Tramp Zelenskiy bilan 12 fevral kuni tuşga yaqin, Putin bilan telefon muloqoti tugaganidan köp ötmay gaplaşgan.
Ayni vaqtda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilişiça, suhbat çoğida Rossiya yetakçisi Donald Trampni Moskvaga taşrif buyurişga taklif qilgan. Kremlga köra, Putin va Tramp örtasidagi suhbat taxminan 90 daqiqa davom etgan.













