Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda suvni ichimlik suvi va texnik suvga ajratish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida iste'molchilar foydalanayotgan suvni ichimlik suvi va texnik suvga ajratish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Kundan kunga suv tanqisligi tufayli ko‘plab davlatlar aziyat chekmoqda. Mamlakatimizda ichimlik suvini tejash maqsadida undan texnik suv sifatida foydalanmaslik zarur. Masalan, ba'zi zavod va fabrikalar, ekinlarni sug‘orish, avtomobillarni yuvish uchun toza ichimlik suvi shart emas”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, bunday sohalarni ishlatilgan ichimlik suvini qayta yo‘naltirish orqali suv bilan ta'minlash zarur. Hozirgi kunda hatto kanalizatsiyada ham toza ichimlik suvidan foydalaniladi.
“Shu sababdan, taklifim agar ichimlik suvidan ikkinchi marta texnik suv sifatida foydalanilsa, ichimlik suvini va unga sarflanadigan xarajatlarni tejagan bo‘lamiz. Bu masalada hal etilmagan muammolarni ko‘rib chiqishimiz zarur”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026