Har yili, AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV» dasturi doirasida 50000 ta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Uning ko‘rinishi yashil karta shaklida bo‘lgani uchun butun dunyoda, xususan O‘zbekistonda “Yashil karta” (Grinkard) nomi bilan mashhur. Vizalar so‘nggi besh yil ichidagi AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.
Grin kardda ishtirok etishning talablari
Lotereyada ishtirok etishning ilk sharti: vakillari dasturda qatnashishi mumkin bo‘lgan davlatlarda tug‘ilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tishga haqli bo‘lishi mumkin. Masalan, so‘nggi besh yil davomida bu davlatlarda tug‘ilgan umumiy soni 50000dan ortiq shaxs AQShga immigratsiya qilgani aniqlansa yoki AQSh tashqi siyosatiga ko‘ra taqiqqa uchragan mamlakat aholisi (o‘sha joyda tug‘ilganlar) Grinkard imkoniyatidan foydalana olmaydi.
Shuningdek, nomzod eng kamida o‘rta ta’limni tamomlagan bo‘lishi yoxud so‘nggi besh yil davomida ikki yillik tayyorlov yoki tajriba talab qiluvchi faoliyatda ikki yillik ish tajribaga ega bo‘lishi so‘raladi. Joriy yilda Grinkard dasturiga arizalar elektron shaklda www.dvlottery.state.gov veb-sahifasida 3 oktyabrdan 7 noyabrga qadar qabul qilinadi. Qonun ro‘yxatga olish davrida har bir shaxs tomonidan yoki uning nomidan faqat bitta ariza topshirilishiga ruxsat beradi. Ariza to‘ldirilgandan so‘ng, tasdiqlov raqami yoki boshqacha qilib aytganda, Arizachi Maqomini Tekshirish Funksiyasi (Entrant Status Check)ga oid ma’lumotni chop etib olishingiz zarur. Bu qog‘ozdagi ma’lumot zinhor tashlab yubormang, zero bu dastur natijasini tekshirib ko‘rishning yagona imkoniyati. Dasturda imkoniyatga ega bo‘lgan nomzodlarning ro‘yxati rasman 2018 yilning 1 may kuni e’lon qilinadi. Davlat Departamenti bittadan ortiq kiritilgan arizalarni aniqlash uchun murakkab texnologiyalardan foydalanadi. Murojaatchining bittadan ortiq topshirgan arizalari dasturdan chetlatiladi.
Grinkardni yutib olish, kishiga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Bu savolga javobni oldindan aniq bilib olish zarur, chunki ko‘pchilik lotoreya ishtirokchilari ushbu dasturda g‘olib bo‘lib, AQShda kafolatlangan viza, ish o‘rni va boshpana bilan ta’minlanmasligini, bilishi lozim.














