“Toşşahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, 26 mart kuni Toşkentga Xitoyning “Yutong Bus Co Ltd” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan 52 ta 12 metrli avtobus olib kelindi. Qayd etilişiça, ularning 33 tasi elektrda, 19 tasi esa gazda harakatlanadi.

Şuningdek, xuddi şu kunning özida “Xiamen King Long United Automotive Industry Co. Ltd” kompaniyasining tabiiy gazda işlaydigan 10 ta 18 metrli “garmoşka” avtobusi ham keltirildi. Hozirda “garmoşka”lar magistral yöllarda sinab körilmoqda.

Ta’kidlanişiça, avtobuslar haqiqatan ham Toşkent köçalarida bemalol harakatlansa, ularni yönalişlarga taqsimlaş boşlanadi. Ammo hozirça bu muddat ma’lum emas.

Eslatib ötamiz, bundan avvalroq 18 metrli 200 dona hamda 12 metrli 800 dona avtobus mart-aprel oylarida yetkazib berilişi aytilgandi. Martning oxirigaça 12 metrli avtobuslarning 160 tasi olib kelinişi e’lon qilingan.