18:01 / 08.07.2022
56763

Zaynilobiddin Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga ishga o‘tdi

Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018 yil avgustidan buyon Prezident administratsiyasiga rahbarlik qilib kelgan, bugun, 8 iyun kuni salomatligidagi muammo tufayli lavozimidan ozod etilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi Qudratilla Rafiqovning shu vaqtga qadar 8 nafar o‘rinbosari bor edi.

Top