Zaynilobiddin Şahobiddinoviç Nizomiddinov Toşkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 7 aprel kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada iştirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev öz sözida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişga doir va keçiktirib bölmaydigan dolzarb masalalarga töxtalgan. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, budjet tuşumlarini ta’minlaş borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi örinlarda ekani ta’kidlangan.
2023 yil dekabridan buyon uşbu tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan Şuhrat Döstbekov «yöl qöygan xato-kamçiliklari» uçun lavozimidan ozod etilgan.
Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Zaynilobiddin Nizomiddinov nomzodini tavsiya qilgan va xalq deputatlari nomzodni hokimlikka tasdiqlagan.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018–2022 yillarda Prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan. 2022 yil 8 iyun kuni u salomatligidagi muammo tufayli lavozimidan ozod etilgandi. Oradan bir oy ötib Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi kengaşi raisi birinçi örinbosari etib tayinlangandi.












