Buyuk kelajakning iztiroblari bugun chekiladi
Jamiyatda 25 yil davomida ma'lum bir yaralar paydo bo‘ldi. Mamlakat rivojlanmadi, deyish fikridan yiroqman. Ya'ni, o‘tmishga tosh otish niyatim yo‘q. Ammo, ayni zamonda, maddohlik qilish niyatida ham emasman. Bugun jamiyat o‘tgan 25 yil ichida paydo bo‘lgan yaralarni tan oldi va bugun mana shu yaralar davolanmasa, davlat jismi, jamiyat jismi yo‘q bo‘lib ketishi, chirib ketishi anglab yetildi. Bu yaralarda iztirob borligini, iztirob chekishimiz kerakligini angladik, bu og‘riqlarga o‘z-o‘zimizni tayyorlayapmiz, ammo hali yaralar ochilgani yo‘q. Ular endi ochiladi, endi tozalanadi.
Buyuk kelajak haqida o‘ylaganimizda, uning iztiroblarini bugun chekishimiz kerakligini tushunib yetishimiz kerak bo‘ladi. Bu og‘riqlarni o‘z tanimizda o‘tkazsakkina, kelajagimiz buyukligini his qilishimiz mumkin. Va biz bugun ana shu tuyg‘ularni, og‘riqlarni tushuna boshladik, his qila boshladik. Mana shuning o‘zi katta qadam bo‘ldi.
Davlat va xalq o‘rtasida yagona bir jipslilik kerak. Ma'naviy qadriyatlarga suyansakkina, biz iztiroblarni yengadigan kuch topa olamiz. Bugun jamiyatimiz boshidan kechirayotgan ajib holatlarni tasavvur qilsak, bizga yetishmayotgan bir tuyg‘u bor – reallikni his qilish. Bugun yetib kelgan nuqtamizni his qilish biz uchun muhim narsa. Men doim aytaman: prezidentga juda ham qiyin. Prezident bo‘lish degani aslida ham oson ish emas. O‘zbekistondek geosiyosiy murakkab bir joyda prezident bo‘lish esa o‘ta og‘ir narsa. Prezident tashqi kuchlarni, gegemon davlatlarning o‘zaro manfaatlari orasida muvozanat ushlay bilishi, bundan tashqari, ichki siyosatni qattiq nazorat ostida ushlagan holda siyosat yuritish juda ham og‘ir narsa.
Jamiyatda “ura-ura”chilar bor ekan, u yerda islohot o‘tkazish judayam qiyin. Amaldorlar orasida maddohlar, nima qilishini bilmayotgan, davlat rahbari nima istayotganini tushunmayotganlar ko‘p. Bu ham katta bir muammo, aslida. Bugun prezidentning yonida uni tushunadigan, his qiladigan, xalqi uchun xizmat qiladigan sadoqatlilar kerak. Sadoqat haqida gap ketganda bir narsani aytib o‘tmoqchi edim. Insonda ota-onasi bergan, jamiyatda shakllangan g‘oya bo‘ladi. Bizning jamiyatga e'tibor berib qarasangiz, g‘oyasiga xiyonat qilayotgan odam ko‘p. U o‘z g‘oyasini, qadriyatlarini bir zumda o‘zgartiradi. Nega deb so‘rasangiz, zamon shunday deydi. O‘z-o‘ziga xiyonat qilgan inson hech kimga nisbatan sadoqatda bo‘lmaydi. Buyuk mujodalalarga bunday insonlar bilan kirib bo‘lmaydi.
Bugun biz jamiyatda ijtimoiy ong, ijtimoiy tafakkur masalasini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Hozircha bundan davlat uchun hech qanday iqtisodiy manfaat bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishi uchun xalq ongan tayyor bo‘lishi, insonlarning ongi o‘zgarishi kerak. Bizda o‘zini ayash juda rivojlangan. Odamlar ko‘proq harakat qilgisi kelmaydi. Bu xuddi kichik-kichik detallarga o‘xshaydi. Aslida, mana shu kichik-kichik detallar millat xarakterini ko‘rsatadi. Bugun bizga kuchli ijtimoiy, g‘oyaviy siyosat kerak. Bu siyosat xalqimizni himoyalaydigan va uni qayta tarbiyalaydigan bo‘lishi lozim.
Yana bir talablardan biri shuki, biz tezroq diniy konsepsiya ishlab chiqib, uni tezroq amalga tatbiq etishimiz lozim. Bu konsepsiya orqali O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan har bir din vakilining haq-huquqi ta'minlab beriladi. Bu bilan jamiyatda ijtimoiy adolat o‘rnatiladi.
Sizu bizning ayni zamondagi vazifamiz aql bilan ish ko‘rish. Har narsaga hayajonlanmasdan, aql tarozisiga qo‘yib ish qilish, kelajagimizni ta'minlaydi. Bugun shakar narxi, go‘sht narxi oshib ketyapti, xalqimizda qiyinchiliklar paydo bo‘lyapti... Prezidentimiz bu narsani juda chuqur his qilib turibdi. Ammo qars ikki qo‘ldan chiqadi. Toki siz, biz, do‘stimiz, hammamiz bu iztiroblardan o‘tmasak, bizning hech qanday buyuk kelajagimiz bo‘lmaydi. Oldinda tanlov faqat o‘zimizda qoldi: yo iztiroblarni biz chekamiz yoki bizning bolalarimiz.
Said-Abdulaziz Yusupov
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Jahon | 14:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston | 14:43
-
Zelenskiy AQShning Rossiyaga nisbatan «kuchli qadamlari» haqida ogohlantirdi
Jahon | 14:39
-
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi
Jamiyat | 14:39
Mavzuga oid

18:55 / 12.07.2023
«Olomon» xalqqa aylandimi? - faylasuf, yozuvchi va siyosatshunos bahsi

23:49 / 08.11.2022
Olimlar ming yildan keyin yashovchi odam qanday ko‘rinishda bo‘lishini taxmin qilishdi

21:10 / 21.07.2020
«Said-Abdulaziz Yusupov oqlangani yo‘q» - Oliy sud

02:31 / 09.07.2020