7 noyabr kuni taşkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yiğilişda sönggi ikki yilda Transport vazirligi va sohadagi korxonalar xodimlaridan 57 nafari korrupsiyaviy jinoyatlarga qöl urgani ma'lum qilindi. Şuningdek, qişloq xöjaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimlari turli körinişdagi jinoyatlarni sodir etgani ma'lum qilindi.
Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşevning axborotiga muvofiq, tizimda yöl qurilişi uçun ajratilgan budjet mablağlarini talon-toroj qiliş, yölovçi va yuk taşiş xizmatidan tuşgan pullarni özlaştiriş bilan boğliq jinoyatlar sodir etilmoqda.
«Kattaqörğon tuman yöllardan foydalaniş» korxonasi direktori R. boş hisobçi Ş. hamda muqaddam şu korxonada sodir etgan qator jinoyatlari uçun sudlanib, korxonada faoliyatini yana davom ettirib kelayotgan jinoiy şeriklari bilan til biriktirib, umuman ta'mir körmagan 20 ta yölni ta'mirdan çiqarganliklari haqida qalbaki hujjatlarni tuzib, 2,4 milliard söm budjet mablağlarini ömargan», — dedi Yöldoşev.
Yiğilişda qişloq xöjaligi sohasidagi vazirlik va idoralarda hanuzgaça turli qonun buzilişlar, suiiste'molçiliklarga barham berilmayotganligi ham tanqid ostiga olindi.
«Yangiyöl tumani qişloq xöjaligi bölimi boşliği Yu. «Valiyev Invest baraka» fermer xöjaligi rahbari V. bilan til biriktirib, fermer xöjaligining 30 sotix yer maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş orqali 38.400 dollarga sotib yuborgan. Qişloq xöjaligi sohasining rivoji, avvalo, yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalaniş bilan çambarças boğliq.
Ayrim rahbarlar tomonidan yerlardan xöjasizlarça va noqonuniy foydalaniş holatlariga yöl qöyilayotganligi ta'kidlandi. Xususan, yer maydonlarini xatlovdan ötkaziş jarayonida respublika böyiça 967 ta holatda 34 ming 822 gektar yer maydoni qonunga zid ajratib berilgan. Yer ajratiş va undan foydalanişda korrupsiya, taniş-bilişçilik, oşna-oğaynigarçilik holatlari mavjudligi qayd etildi», — deya ma'lumot berdi boş prokuror.
Ta'kidlanişiça, Buxoro viloyatida qisqa muddatda ötkazilgan örganişlarda 21 ming 493 gektar yerni noqonuniy muomalaga qaratiş bilan boğliq qonunga zid qarorlar qabul qilingan. Misol uçun, Jondor tuman hokimi 2020 yil 16 maydagi qarori bilan örinbosarining yaqin qarindoşiga 100 gektar yer maydonini çorvaçilik yönalişida, garçi yetarli çorvasi bölmasada, noqonuniy ajratib bergan.
Yer ajratiş jarayonlarida korrupsiyaviy jinoyatlari uçun sönggi ikki yilda hokimliklarning 22 nafar mas'ul xodimlari javobgarlikka tortilgan. Xususan, Arnasoy tuman hokimining örinbosari S. «Oqquş halol parranda» jamiyati rahbari J.ga 10 gektar yer ajratib beriş evaziga 13 ming dollar talab qilib, 2 ming dollar olganida qölga tuşgan.












