8-9 noyabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 16-sammiti bölib ötadi. Kun.uz sammit oldidan IHT qanday taşkilotligi va Özbekiston uçun uning ahamiyati haqida video şarh tayyorladi. Iqtisodçi Orifjon Namozovga köra, Özbekiston yirik davlatlar örtasida qolib ketmasligi uçun iqtisodiyotini diversifikatsiya qilişi kerak – IHT şunga imkon beradi.
Iqtisodiy Hamkorlik Taşkiloti a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi böyiça taşkil etilgan xalqaro mintaqaviy taşkilot bölib, unga 1985 yilda asos solingan. Özbekiston unga 1992 yilda a’zo bölgan.
Taşkilotga Markaziy Osiyoning beşta davlatidan taşqari Turkiya, Ozarboyjon, Afğoniston, Eron va Pokiston ham a’zo.
2022-2023 yillarda Özbekiston ilk bor mazkur xalqaro tuzilmaga raislik qildi.
Bu taşkilot Özbekiston uçun qanday ahamiyatga ega? Sammitdan nimalarni kutiş mumkin? Kun.uz savollariga progressiv islohotlar markazi eksperti Orifjon Namozov javob berdi.
“IHTga a’zo davlatlarda katta iqtisodiy potensial bor”
Geosiyosat nuqtayi nazaridan qarasangiz, Pokiston, Eron va Turkiya ixçam, örtada turibdi. Bu hududda juda katta iqtisodiy potensial bor: hali rivojlanmagan va hali köp loyihalar, dasturlar olib borilmagan. Taşkilotning asosiy beşta vazifasi bor: iqtisodiy hamkorlik, savdo, transport-logistika, turizm va ijtimoiy rivojlaniş.
Xabaringiz bor, Özbekiston land locked, (dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan) mamlakat hisoblanadi. Şuning uçun logistika juda muhim rol öynaydi, iqtisodiy rivojlaniş uçun bizga yöl kerak. Bu temiryöl yoki avtoyöllar. Bu yerda katta potensial bor. Multimodal logistik loyihalarga qarasangiz, Özbekiston bunday loyihalarning bir neçtasida iştirok etyapti. Bu taşkilot transport logistikasining rivojlanişiga impuls beradi.
Taşkilotga Özbekiston bilan birga, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston 1992 yilda a’zo bölgan, lekin ularning rivojlanişi sezilarli darajada bölmadi.
“IHT ikki tomonlama kelişuvlarga imkon beradi”
Transport faqatgina taşkilotning bir yönalişi. Undan taşqari, taşqi savdo yönalişi ham bor. Özbekiston mahsulotlarini çetga eksport qiliş eng katta muammo bölib qolgan. Biz Rossiya bozoriga örganib qolganmiz. Mahsulotlar sifatiga qöyiladigan talablar bu davlatda unça yuqori emas. Lekin bu taşkilot bozori biroz murakkab. Turkiya va Eronning bozoriga çiqiş uçun ança investitsiya qiliş kerak. Yangi standartlar kiritiş kerak. Bu hamkorlik şunga zamin yaratadi. JSTga a’zolikka harakat qilyapmiz, IHT ikki tomonlama kelişuvlarga imkon beradi. Bu taşkilotning katta ijobiy tomoni şundaki, madaniy tomondan bu davlatlar bir-biriga yaqin. Şu nuqtayi nazarda savdoni rivojlantiriş ança yengilroq.











