Jamiyat | 20:13 / 29.07.2020
22431
2 daqiqa o‘qiladi

Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film suratga olinmoqda

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan «New sight media» ijodiy studiyasi tomonidan shoir, dramaturg Hamid Olimjon hamda shoira Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Muhabbat bahori»  nomli badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, filmda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bolalik davri va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilinadi. Unda jumladan, 1920-1940 yillar voqeliklarini ko‘rish mumkin. 

«Suratga olish ishlari joriy yilning noyabr oyida tugallanishi rejalashtirilgan bo‘lib, shoir Hamid Olimjon tavalludining 111 yilligi munosabati bilan dekabr oyida premera bo‘lishi kutilmoqda. 

Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlari hamda Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 

Film rejissyori Ibrohim Rasulov, ssenariy mualliflari Mikoil Sulaymanov va Zulfiya Qurolboy qizi, postanovkachi-operator esa Tal'at Mansurov», – deyiladi agentlik ma'lumotida. 

Qo‘shimcha qilinishicha, «Muhabbat bahori»da bosh rollarni  Hamza Hasanov (Hamid Olimjon), Shahnoza Hojimurodova (Zulfiya), Shohida Ismoilova, Abdurayim Abduvahobov, Mehriddin Rahmatov ijro etgan. Unda shuningdek, viloyat teatrlarining ko‘plab mohir aktyorlarini ham ko‘rish mumkin. 

Film rejissyori Ibrohim Rasulovning aytishicha, «Muhabbat bahori»da Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonimning bir-biriga sadoqati, ularning adabiyotga qo‘shgan hissasi, Hamid Olimjonning arboblik ishlari haqida so‘z yuritiladi. 

«Filmni suratga olish ishlari yurtimizning turli hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, uning ma'lum sahnalarini Hamid Olimjon yashagan hovlida ham suratga olish rejalashtirilgan, - deydi u.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda