«Metsenat» loyihasi doirasida «Mustaqillik-35» taʼlim granti ğoliblari aniqlandi. Unga köra, 100 nafar talabaning kontrakt tölovi uçun 10 million sömdan, jami 1 milliard söm ajratiladi. Grant 67 nafar qiz va 33 nafar yigitga nasib etdi.

Ğoliblar qaysi sohalarda taʼlim oladi?

  • Iqtisodiyot va moliya - 26 nafar;

  • Filologiya va tillar - 25 nafar;

  • Tibbiyot - 13 nafar;

  • Yurisprudensiya - 13 nafar;

  • Texnika, IT va muhandislik - 6 nafar;

  • Ijtimoiy va siyosiy fanlar - 6 nafar;

  • Pedagogika - 5 nafar;

  • Tabiiy va aniq fanlar - 3 nafar;

  • Qişloq xöjaligi va biotexnologiya - 3 nafar.

Grant uçun jami 15 290 ta ariza kelib tuşgan. Ğoliblarni saralaşda talabaning özlaştiriş körsatkiçlari, oilasining ijtimoiy holati, nogironligi, ota-onasidan ayrilganligi, jamoat işlaridagi faolligi va erişgan yutuqlari inobatga olingan.

«Metsenat» loyihasining asosiy maqsadi - kontrakt tölovini amalga oşirişda qiynalayotgan, biroq iqtidor va salohiyatga ega ehtiyojmand talabalarni ixtiyoriy asosda moddiy qöllab-quvvatlaş.

Maʼlumot uçun: «Mustaqillik-35» taʼlim granti Yoşlar işlari agentligining «Ibrat farzandlari», UzChess, «Mutolaa», «Ustoz AI», UzCombinator va «Kömak» kabi loyihalari bilan kelişuv asosida eʼlon qilingan.

Grant ğoliblarining töliq röyxati: mana bu yerda.