Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Baxtiyar Dauletmuratov Taxiatoş tumani IIB profilaktika inspektori Salamat Baymuratov tomonidan olib ketilib, tuman IIBda tan jarohati yetkazilgani sababli vafot etgani haqida xabar tarqaldi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv boşlanganini ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, Taxiatoş tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi va marhum B.Dauletmuratovning ölimi sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekşiruv harakati şaxsan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori nazoratiga olingan.

Natijasi böyiça qöşimça ma'lumot beriladi, deyiladi rasmiy axborotda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Denovda profilaktika inspektorining yordamçilari kaltaklagan fuqaro vafot etgani ma'lum bölgandi.