Prezident «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Quyidagilar «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi:
- Torkunov Anatoliy Vasilevich – Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori (Rossiya Federatsiyasi) — O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta'lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun.
- Taro Aso – Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan Do‘stlik ligasi raisi (Yaponiya) — O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari rivojiga va ko‘pqirrali hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi, O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan muhim tashabbus va amaliy sa'y-harakatlari, Yaponiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokida mamlakatimizdagi ustuvor ijtimoiy, infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni, qo‘shma madaniy-gumanitar dasturlarni ro‘yobga chiqarishga ko‘rsatayotgan ulkan ko‘magi uchun.
O‘zbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarishdagi amaliy ko‘magi, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bir-birini anglash va qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash, do‘stlik va madaniy hamkorlik aloqalarini kengaytirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi:
- Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq – Qohira universitetining arxeologiya fakulteti professori (Misr Arab Respublikasi)
- Mavlanov Shuxrat Qurvantayevich – «Rosagrokompleks» mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)
- Mark Edvard Riz – Sharqshunos olim, o‘zbek adabiyoti tarjimoni (AQSh)
- Maxmudova Kamola Abdumalikovna – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta bankiri
- Muhammadzoda Huseyn Siddiq – Navoiyshunos olim va adib (Eron Islom Respublikasi)
- Prakash Kejrival – «Indorama Corporation Pte. Ltd» kompaniyasi direktori (Singapur Respublikasi)
- Elis Uells – «Yexxon Mobil» kompaniyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha katta maslahatchisi (AQSh)
O‘zbekiston Respublikasida ilg‘or xorijiy tajriba, ilm-fan va texnologiyalar asosida zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha faol sa'y-harakatlari, koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashni tashkil etishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun quyidagilar I darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlandi:
- Lin Syuejun – Toshkent shahridagi «O‘zbek-Xitoy an'anaviy tibbiyot markazi» boshqaruvi raisi, «Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co., Ltd» prezidenti (Xitoy Xalq Respublikasi)
- Filiz Erdog‘an Marashlioglu – «Kanimed Saglik Cozumleri LTD» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi (Turkiya Respublikasi)
- Tsoy Chje Uk – Koreya universitetining profilaktik tibbiyot kafedrasi professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi huzuridagi «COVID-19» koronavirusiga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha Shtab maslahatchisi (Koreya Respublikasi)
O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyotini ta'minlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish va ularni amalga oshirish, ustuvor iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlandi:
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
- Asadullayev Husnulla Shuxratilla o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili
- Babajanov Bunyodbek Ulug‘bek o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Rossiya Federatsiyasidagi vakili
«Shuhrat» medali bilan
- Arislanov Saidaxmad Saidaxrorovich – AQShdagi «ASO Systems» kompaniyasi rahbari
- Bediyev Kamoliddin Asomiddinovich – Berlin shahridagi Xerrman-Shuls nomidagi maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasidagi vakili
- Zufarov Sherzod Sabirovich – Fransiyaning «Société Générale» banki xususiy sektorga sarmoya kiritish fondi vitse-prezidenti
- Ibragimov Bunyodbek Abdusharipovich – O‘zbekiston va Nagoya do‘stlik jamiyati muassisi va direktori
- Ismailov Baxrom Baxtiyorovich – Moskva shahridagi «Saxovat» xayriya fondi direktori (Rossiya Federatsiyasi)











