Tarqalgan videolardan biri Toşkent şahrining Sergeli tumani Humo mahallasiga aloqador bölib, unda yordam puli masalasida mahalla ahli va ma'muriyat örtasida nizo kelib çiqqanini köriş mumkin.
Videoda aholi vakili mahalla rahbariyatini nogironligi bor şaxsga yordam pulini bermayotganlikda ayblagan. Uning sözlariga köra, mahalla ma'muriyati ehtiyojmandlarga ajratilgan mablağni sörab kelganlarga bankdan kredit olişni tavsiya qilgan. Ayni holatga aloqador boşqa bir videoda içki işlar xodimlari mahalla ma'muriyati vakillarini aholidan himoya qilişga urinayotgani körinadi.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatiga daxldor ekani aytilayotgan yana bir video tarqaldi. Muallifi körinmagan videoda kamera ortidan gapirgan şaxs 700 ming söm yordam puli olgani, ammo dastlab konvertda 1 mln söm bölgani, 300 ming sömni tarqatuvçilar uşlab qolişganini aytadi.
«700 ming söm. Konvertni oçganda haqiqatan ham unda 1 mln söm bölgan, lekin mahalla va hokimlik vakillari: «Agar 300 ming sömdan taşlab ketmasalaring, biz keyingi safar pul tarqatilganda sizlarni röyxatdan olib taşlaymiz», deb qörqitib, 300 ming sömdan pullarini olişgan», – deyiladi videoda.
Bugun, 1 avgust kuni AOKAdagi brifingda çiqiş qilgan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi boşqarma boşliği Ahror Ğulomov Toşkent şahrining Sergeli tumani va Xorazm viloyatidagi pul tarqatilişi bilan boğliq holatlar haqida gapirdi.
«Farmon bilan belgilangan ehtiyojmand va noçor oilalarga pul mablağlarini tarqatiş masalalarida Xorazm viloyati va Sergeli tumani böyiça ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatlardan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining xabari bor.
Uşbu holatlar vazirlik rahbariyati tomonidan Içki işlar vazirligi bilan birga qat'iy nazoratga olingan. Heç qanday xavotirga örin yöq. Barça holatlar örganilmoqda. Qonun buzilişi holatlari tasdiqlanadigan bölsa, aybdorlarga nisbatan albatta örnatilgan tartibda çoralar köriladi», – dedi Ahror Ğulomov.
Eslatib ötamiz, 30 iyuldagi prezident farmoniga muvofiq, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça mutasaddi idoralar tomonidan şakllantirilgan kömakka muhtoj oilalarning röyxatlari («temir daftar»)ga kiritilgan va a'zolari 1,7 million nafardan ortiq bölgan 400 mingdan köproq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam körsatilişi belgilangan













