Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yaqinda bölib ötgan töqqizinçi yalpi majlisida sud-huquq sohasini isloh qilişga oid qator masalalar körib çiqildi. “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni ham ma'qullandi, deb xabar beradi ÖzA.
Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 29 martda imzolagan mazkur qonun şu yil 1 apreldan kuçga kirdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yangi qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi bilan boğliq masalalarga bağişlangan seminar taşkil etildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga muvofiq “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun işlab çiqilgani va qabul qilingani qayd etildi.
Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, “Sudlar töğrisida”gi va “Prokuratura töğrisida”gi qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan yengilroq jazo turi – “majburiy jamoat işlari” kiritildi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslarni qamoqda saqlaş muddati 72 soatdan 48 soatgaça, qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş, şuningdek, dastlabki tergov muddatlari 12 oydan 7 oygaça qisqartirildi.
Bundan taşqari, poçta-telegraf jönatmalarini xatlab qöyişga va murdani eksgumatsiya qilişga sanksiyalar beriş huquqi prokuraturadan sudlarga ötkazildi. Şunday qilib, sud işi yurituvida “Xabeas korpus” institutini qöllaş sohasi kengaytirildi. Jinoyat jarayonida sud nazorati roli va ahamiyati kuçaytirildi. Qonunga muvofiq sudlarga qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşni rad etişda muqobil ehtiyot çoralarini qöllaş huquqi berildi. Bunda sud tomonidan qöşimça tergov ötkaziş uçun jinoyat işini qaytariş instituti butunlay bekor qilindi. Sud tekşiruvi jarayonida kamçiliklarni töldiriş mexanizmlari qonun bilan mustahkamlab qöyildi. Qonunda fuqarolik işlari böyiça sud qarorini nazorat tartibida qayta körib çiqiş muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirildi.
Qonun bilan viloyat darajasidagi jinoiy va fuqarolik işlarini sudlar tomonidan körib çiqiş institutini bekor qilişni, nazorat tartibida protest keltiriş böyiça sudlarning tegişli raislari va prokurorlari vakolatlarini istisno etişni nazarda tutuvçi tegişli tuzatişlar kiritildi. Qonunga muvofiq Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining işlarni nazorat tartibida körib çiqişga doir bir-birini takrorlovçi vakolatlari bekor qilindi.
















