Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov deputatlarning savollariga javob berar ekan, oliy ta'lim muassasalaridagi muammolarga har bir rektor şaxsan javobgarligi, talabalar turar joylarida oddiy şaroitlar yaratilmagani, özi ham bir keça talabalar bilan tunaganini aytdi.
«Oliy ta'lim muassasalari yotoqxonalarining şaroiti yaxşi emasligi şaxsan rektorning e'tiborsizligi, OTM rahbarining öşa yotoqxonaga kirmasligidan, boşqa sabab yöq.
Har qanday OTM pul topa oladi. Çunki talabalar turar joyida yaşayotgan talaba muassasa hisob-kitobidan kelib çiqib, oz bölsa-da pul tölaydi. Arzimas pul, lekin öşa pulni öziga sarflasa ham hamma jihozini tayyor qilib qöysa böladi. Çunki elektr energiyasi va boşqa xarajatlar asosiy hisobdan tölanadi.
Endi hozir men aytmayman, ijtimoiy tarmoqlarda çiqib, notöğri talqin bölişi mumkin. Bir kuni bir talabalar turar joyiga borib, talabalar orasida bir keça yotdim. Bir talaba bilan uning xonasida tunni tongga ulab suhbat qilib çiqdim va undan butun sir-asrorni sörab oldim. Yaşaş şaroiti, sanuzellar holati, bir dunyo muammo bor.
Talabalar 40 foiz darslardan norozi. Jami öqituvçilarning 40 foizi berayotgan bilimdan norozi.
Nega yotoqxonada avtomat kir yuviş maşinalari turmasligi kerak? Hamma narsa nomiga qilib qöyilgan, qizlar taşqarida kir yuvadi, taşqarida kir yoyadi, bunga heç qança xarajat ketmaydi, bunga e'tibor kerak, xolos.
Hali ham bizda professor-öqituvçilar “ustoz otangdek uluğ”, deb masalaning faqatgina bir tomoniga e'tibor berişadi-da, unga farzanddek mehr qöyişni öylab körmayapti. Agar şu munosabatni şakllantirsak, mana bunday holatlar töğri, taqdirga boğliq-ku, lekin bölmasdi, menimça. Kontingent köpayib ketdi, deb noliydi rektorlar, guruh murabbiylariga yetarliça haq berib işni talab qilsa böladi-ku.
Men bularning hammasini tartibga solaman. Agar qaysi OTM guruh murabbiyiga pul topib berolmaydigan bölsa, vazirlik fondidan biz pul beramiz. U pulini olib işlaşi kerak böladi», – deya ta'kidladi Abduqodir Toşqulov.












