Özbekiston prezidenti 2024 yil 4 yanvarda "Çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmonni imzoladi.
Energetika vaziri matbuot kotibi Hasan Toşxöjayevning xabar berişiça, endi qattiq maişiy çiqindilar böyiça körsatilgan xizmatlardan qarz yuzaga kelgan bölsa, «svet» uçun pul imkoni bölmaydi.
Hujjatga köra:
- 2024 yilning 1 iyunidan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida çiqindi xizmatlari böyiça 6 oy davomida şakllangan qarzdorlik uçun;
- 2024 yilning 1 noyabridan respublikaning barça hududida çiqindi xizmatlari böyiça 3 oy davomida şakllangan qarzdorlik uçun;
- 2025 yilning 1 yanvaridan e’tiboran respublikaning barça hududida çiqindi xizmatlari böyiça 1 oylik qarzdorlik uçun elektr energiyasiga tölovni amalga oşirişda çeklovlar örnatiladi.
«Oddiy aytganda, axlat uçun pul tölamagan qoronğida ötiradi», deb yozgan energetika vaziri matbuot kotibi.
Uşbu çeklovlar 2023 yil 31 dekabrgaça töplangan qarzlarga ta’sir qilmaydi.

















