Özbekistonda 2024 yildan energetika bozori regulyatori – Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi faoliyat yurita boşlaydi. Agentlik faqat elektr energiyasi bozori böyiça vakolatli organga aylanadi, ya’ni uning faoliyati tabiiy gaz sohasiga taalluqli bölmaydi. Regulyator faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bölişi belgilandi.

Butun dunyoda regulyatorlar qanday işlaşi va bunday organ Özbekistonga nega kerakligi haqida Kun.uz savollariga Progressiv islohotlar markazi eksperti Rahmatilla Ubayev javob berdi.

Buyuk Britaniya tajribasidan misol

— Energoregulyator dunyoning köpgina davlatlarida bor. Rivojlangan davlatlardan biri – Buyuk Britaniya tajribasidan misol keltirsam, bu davlatda ötgan asrning 80-yillarida bizga öxşagan muammolari bölgan: monopoliya, sohada nazoratning yöqligi, energetika xarajatlarining oşib ketişi va aholiga energetika sifatli va öz vaqtida yetib bormasligi yoki uzilişi. Avval mamlakatda elektr energiyasida alohida, gaz sohasida alohida regulyator bölgan. Mamlakatda energiya hosil qiliş ham, iste’molçilarga yetkazib beriş ham davlat taşkilotlari tomonidan amalga oşirilgani uçun sohada raqobat bölmagan. Natijada kamçiliklar yuzaga kelgan.

90-yillarda “Ofgem” degan regulyator taşkil qilingan. Unga köproq vakolatlar berilgan: u bozordagi şaroitni yaxşilaşi va energiya resurslarini işlab çiqarişda ham, yetkazib berişda ham, xususiy biznesning bozorga kirişini ta’minlaydigan muhit taşkil qilib berişi kerak edi. Unga narx siyosatini yuritiş vakolatlari ham berilgan. Şundan keyin bozorda boşqa taşkilotlar paydo böla boşladi. Natijada aholi tölaydigan tariflarda narxlarning pasayişi kuzatildi.

Raqobat bölganidan keyin aholi ta’minotçilarni tanlay olgan. Misol uçun, siz bitta energiya yetkazib beradigan taşkilot xizmatidan foydalansangiz, uning xizmatlari sizga yoqmasa, undan yaxşiroq xizmat körsatadigan va arzonroq narx taklif qiladigan korxonaga özgartira olgansiz. Raqobat bölgani uçun yetkazib beruvçilar mijoz uçun kuraşib, yanada rivojlangan.

“Energoregulyator mustaqil bölişi kerak”