Samarqand tumanidagi Oqböyra turizm qişloğida 15 aprel kuni sodir bölgan portlatişdan keyin aholi uylariga toş parçalari yetib borgani, devorlarda yoriqlar paydo bölgani va yoş bolalar, qariyalar sarosimaga tuşib qolgani haqida xabar bergan edik. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Kun.uz'ga holat yuzasidan rasmiy munosabatini taqdim etdi.
Vazirlikka köra, “Mironqul-III” koni “Agro Technology Group” MÇJga Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 iyuldagi 546-sonli qarori asosida ajratilgan.
Keyinçalik 2021-2022 yillarda tegişli xulosalar va ruxsatnomalar rasmiylaştirilgan. SM №0107 F5-sonli ruxsatnoma 2022 yil 29 dekabrda qayta rasmiylaştirilib, korxona 2042 yil 3 iyungaça yer qa’ridan foydalaniş huquqini olgan.
Konda portlatiş işlari “Agro Technology Group” MÇJ hamda “Hisor Tog” MÇJ örtasida tuzilgan pudrat şartnomasi asosida amalga oşirilgan. Portlatişni bevosita amalga oşirgan taşkilot inspeksiya tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga ega ekani ta’kidlanadi.
Rasmiy hujjatlarda davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga tayanib, aholi yaşaş punktigaça eng kam xavfsiz masofa 300 metr etib belgilangani qayd etiladi. Vazirlik taqdim etgan örganiş natijalariga köra, umumiy hisobda aholi yaşaş punktigaça bölgan masofa 450-500 metrni taşkil etgani ma’lum qilingan. Ya’ni bu talablarga muvofiq deb baholangan.
Biroq şu bilan birga, portlatiş oqibatida zarar yetgan ayrim hovlilar masofasi 357 metr ekani ham qayd etilgan. Rasmiy hisob-kitoblarda hudud xavfsiz masofa doirasida ekani körsatilsa-da, amalda zarar yetgan obektlar belgilangan 300 metrlik me’yorga yaqin ekani ma’lum bölmoqda.
Vazirlikka köra, 2026 yil 15 aprel kungi portlatiş oqibatida tog‘ jinslari 357 metr masofadagi hududga yetib borgan bölib, bu holat “texnologik reglamentdan çetlaniş” sifatida baholangan. Şu bilan birga, kon-geologik şaroitlar va portlaş energiyasining notöğri taqsimlanişi sabab ayrim toş parçalari trayektoriyadan çiqişi mumkinligi ham qayd etilgan.
Uşbu vaziyatda portlatiş işlari yönaltirilgan holda amalga oşirilsa-da, kon-geologik şaroitlar va portlaş energiyasining taqsimlanişidagi öziga xos xususiyatlar sababli ayrim toş parçalarining belgilangan trayektoriyadan çetga çiqişi kuzatilgan. Bu holat bevosita portlatiş texnologiyasini yanada takomillaştiriş va












