Gazli magistral gaz quvurlari boşqarmasi “Öztransgaz” AJ tizimidagi muhim muhandislik inşootlaridan biri bölib, uning samarali işlaşi mamlakat energiya ta’minoti barqarorligida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qiş-qirovli kunlarda gaz uzatiş tizimining işonçliligi hamda uzluksizligi katta ahamiyatga ega. Şu maqsadda boşqarmada bir qator tadbirlar amalga oşirildi.

Yangi dvigatel – tizim samaradorligi kafolati
Boşqarmaning 5-gaz siquv kompressor stansiyasidagi “B” sexiga tabiiy gazni tortib oliş jarayonidagi samaradorlikni oşiriş maqsadida “DU-80L1” rusumli yangi dvigatel örnatildi. Bu agregatning doimiy soz holatda va töliq quvvat bilan işlaşi magistral gaz quvurlari tizimida samaradorlikni ta’minlaydi. Dvigatelni örnatiş va işga tuşiriş jarayoni “Öztransgaz” rahbariyatining qat’iy nazorati ostida amalga oşirildi.
Zaxira elektr stansiyasi – barqarorlik kafolati
Qişda elektr ta’minotida yuzaga kelişi mumkin bölgan uzilişlar sabab gaz uzatiş tizimida töxtovlar yuzaga kelmasligi uçun boşqarmada “RAES-2500” rusumli köçma elektr stansiyasi örnatildi. Tabiiy gazda işlaydigan uşbu stansiya tejamkorligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Uning uzluksiz işlaşini ta’minlaş uçun quvvati 2500 kVa bölgan transformator örnatildi va zamonaviy kabel tizimi yotqizildi.

Gaz tarkibi tahlilida zamonaviy yeçimlar
Qişga tayyorgarlik doirasida boşqarmada zamonaviy oqimli gaz xromatograflari örnatildi. Bundan taşqari, ularga mos yangi dastur işga tuşirildi. Bu dastur orqali tabiiy gaz tarkibi va kimyoviy körsatkiçlariga oid haftalik tahlillar boşqarma mutaxassislari tomonidan amalga oşiriladi. Uşbu texnologiya jamiyat mablağlarini tejaşga ham yordam beradi.
Filtr-separatorlar — gaz sifatida muhim vosita
Boşqarmaning DKS-4 kompressor stansiyasida filtr-separatorlar örnatildi. Ular gaz quvurlari tizimida mexanik qöşimçalar va namlikdan tozalaş orqali gaz uzatiş jarayonining samaradorligi hamda xavfsizligini ta’minlaydi. Bu çora-tadbirlar orqali magistral gaz quvurlarining uzluksiz işlaşi kafolatlanmoqda.










