Maşina va robotlar işsizlikka sababçimi? Iqtisodiyot qanday işlaşi haqida
|02:59 / 21.09.202025 17911 min
Iqtisodiy farovonlikka bir hovuç kişilardan taşkil topgan davlat apparatining qarorlari bilan emas, har bir fuqaroning iqtisodiy jarayonlardagi ongli iştiroki bilan erişiladi.
Iqtisodiyot – köpçilik uçun tuşunarsiz va murakkab soha. Ammo aynan mana şu murakkablik bahonasida nafaqat aholining, balki lavozim egalarining ham iqtisodiy savodxonligi pastligi bir qator siyosiy muammolarning paydo bölişiga sabab böladi. Notöğri iqtisodiy qarorlar mamlakat aholisining turmuş farovonligiga ta'sir körsatişdan tortib, yirik inqirozlarga ham olib kelişi mumkin.
Amerikalik Henri Hezlitt «Butun iqtisodiyot bitta darsda: iqtisodiyot asoslarini tuşunişning eng qisqa va işonçli usuli» (Economics in One Lesson: The Shortest and Surest Way to Understand Basic Economics) kitobida iqtisodiyotni sodda tilda tuşuntirişga harakat qiladi.
Kun.uz’ning foydali adabiyotlar, ilmiy-ommabop kitoblarning eng asosiy mazmunini konspekt holida berib boriluvçi ruknida bu gal iqtisodiy mexanizmlarning qanday işlaşi Hezlitt nuqtayi nazaridan bayon etiladi.
Hezlittning ta'biriça, har bir fuqaro iqtisodiyotni bazaviy darajada bölsa-da tuşunişi şart, aks holda davlat uni qay tomonga boşlayotganini bilmaydi. Iqtisodiy farovonlikka bir hovuç kişilardan taşkil topgan davlat apparatining qarorlari bilan emas, har bir fuqaroning iqtisodiy jarayonlardagi ongli iştiroki bilan erişiladi.
Siniq oyna haqidagi yangliş xulosa
Haqiqiy qiymatga ega narsaning sababsiz yöq qilinişi sof ziyon hisoblanadi. Ammo har doim ham bunday bölmasligi mumkin.
Tasavvur qiling, bolakay novvoyxona derazasini toş bilan urib sindirdi. Oyna sindi, novvoyning jahli çiqdi, çunki u zarar köradi. Ammo hodisaga boşqa nuqtayi nazardan qaralsa, singan oyna oynasozga iş paydo qiladi. U oynani tuzatişdan topgan 100 ming sömga nimadir xarid qiladi, öz navbatida, sotuvçi ham savdodan kelgan 100 ming sömni qayergadir sarflaydi. Qarabsizki, jamiyatda pul harakatining zanjiri hosil böladi. Kelib çiqadiki, singan oyna pulni harakatga keltirdi, bir neça kişining bandligini ta'minladi, bunga esa bezori bolakay sabab böldi.
Töğri, örtada novvoy zarar kördi. Oynani tuzatiş uçun sarflangan 100 ming sömga yangi kiyim olişi mumkin edi. Ham butun oynali, ham kiyimli bölişning örniga unda hozir faqatgina oyna bor. Ustiga-ustak, unga kiyim tikib berişi mumkin bölgan tikuvçi ham buyurtmasiz qoldi. Uning puli oynasozga ketdi.
Masalaning mohiyati şundaki, bir qaraşda bezorilik novvoyga faqatgina zarar keltirgandek, vaholanki, u qança odamga foyda ham keltirdi. Iqtisodiyotda ham xuddi şunday – yomon iqtisodçi faqatgina sahnadagi harakatlarni baholaydi, yaxşisi esa sahna ortidagilarini ham köra oladi.
Mavzuga oid
Maşinalar işsizlikka sababçimi?
Maşinalar, avtomatizatsiya jarayoni işsizlikni keltirib çiqaradi, degan yangliş fikr mavjud. Vaholanki, bu absurd xulosalarni keltirib çiqaradi. Mohiyatan olib qaralsa, ibtidoiy davrlardan beri insonning harakati öz hayotini yengillaştiriş va qulaylaştirişga qaratilgan. Maşinalar ham hayotni yengillaştirişini inobatga olsak, qulaylikka intiliş muammolarning boşlanişiga sabab bölar ekan-da? Texnik taraqqiyot va ixtiroçilik jamiyat uçun zararlimi? Katta yukni minglab odamlar orqali taşiş mumkin bölganda temiryöldan foydalanişga na hojat?
Ammo unutmaslik kerakki, bir sohada işçilar örnini texnika egallasa, bu sohadagi odamlar köçada qoladi degani emas. Bitta sohada bandlikning qisqarişi boşqasida uning ortişiga turtki beradi. Texnikadan foydalaniş orqali kompaniya egasi işçi kuçiga kamroq xarajat qiladi, tejalgan pulga esa faoliyatini kengaytiriş, boşqa sohaga investitsiya kiritiş, öz iste'molining hajmini oşirişi mumkin. Har uçala holatda ham iqtisod qilingan pul boşqa sohani harakatga keltiradi.
Davlat bandlikni ta'minlaşi kerakmi?
Eng keng tarqalagan yangliş fikrlardan biri – dunyoda iş hajmi çeklangan, uni barça insonlar örtasida teng taqsimlaşga maksimal harakat qiliş kerak. Ana şu yangliş fikr asosida davlat maksimal darajada köproq odamni iş bilan ta'minlaşga harakat qiladi. Ammo natijada bir kişi qilişi mumkin bölgan iş ikki kişi örtasida taqsimlanadi. Iş beruvçi birovni iş bilan ta'minlangani bilan, endi uning oylikka xarajati oşadi, daromadi kamayadi. Deylik, endi u ofisining ta'miriga pul ajrata olmaydi.
Mehnatiga zarurat yuqori bölmagan xodimning iş bilan ta'minlangani quruvçining işsiz qolişiga olib keldi.
Bandlik masalasida biliş kerak bölgan yana bir jihat. Faoliyati tugatilişi kerak bölgan taşkilot yopilsa, undagi 50-100 nafar odam işsiz qoladi. Bu salbiy holatdek baholanadi. Ammo taşkilot yopilgaç, ularni oylik maoş bilan ta'minlaşga sarflanayotgan pullar endi boşqa joyga yönaltiriladi. Bu esa öz navbatida yana pul harakatiga sabab böladi.
Şu bilan birga, aholining hammasini band qiliş ham imkonsiz. Birinçidan, insoniyat boşdan keçirayotgan jamiki iqtisodiy ösiş mehnat resurslarini qisqartirgan holda işlab çiqariş hajmini oşirişga qaratilgan.
Ikkinçidan, işsizning öz tanloviga asoslanmagan töla bandlik holati – iqtisodiy ösiş sur'atlari past davlatlarda kuzatiladigan holdir. Şuning uçun davlat 1 yilda bir neça yuz mingta yangi iş örni yaratiş haqida emas, işlab çiqariş hajmlarini oşiriş va turmuş darajasini kötariş haqida boş qotirişi kerak.
Import biz öylagançalik qörqinçli emas
Biz qisqa muddatli foydalar orqasidan quvib, uzoq muddatli manfaatlar haqida unutib qöyamiz. Import masalasida ham xuddi şunday. Uni köpçilik mahalliy iqtisodiyot uçun zararli deb öylaydi. Ammo u öylangançalik yomon emas.
Deylik, qimmat narxda köylak işlab çiqaradigan amerika kompaniyasi bor. U AQŞ hukumatiga borib: «Minglab işçilarim bor. Agar siz jyemper işlab çiqaruvçi Britaniya kompaniyalarining mamlakatga kirişiga şaroit yaratsangiz, men bankrot bölaman, işçilarim köçada qoladi», deydi. Darhaqiqat, Britaniya kompaniyalari Amerikaga tösiqsiz kirsa va özining sviterlarini arzon narxda sotsa, mahalliy tadbirkor bankrot böladi, işçilar köçada qoladi, sotuvçilar zararga qoladi. Ammo uzoq kelajakdagi natija qanday böladi?
Uzoq kelajakda amerikaliklar inglizlarning arzon jyemperlarini köproq xarid qilişlari hisobiga Britaniyada işlab çiqariş hajmi oşadi. Amerikaliklar inglizlarga dollar berişadi, bu esa inglizlarga öz navbatida Amerika mahsulotlarini sotib ola bilişlari uçun zamin yaratadi. Qarabsizki, Amerika Britaniya importini qabul qiliş hisobiga, özining eksporti uçun ham yöl oçadi.
Töğri, Amerikaning jyemper işlab çiqaruvçi fabrikasi işçilari son jihatdan qisqardi, ammo Britaniyaga eksport qiluvçi boşqa Amerika kompaniyalarida iş örnining ösiş ehtimoli oşadi.
Şuningdek, muayyan mahsulotni mahalliy şaroitda işlab çiqariş har doim özini oqlamasligi, işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun ketadigan resurslardan köra, çetdan import qilib qöya qoliş osonroq va manfaatliroq bölişi mumkin.
Proteksionizmning zararli oqibatlari haqida
Mahalliy işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş maqsadida importga çeklovlar qöyiş iqtisodiyotda proteksionizm deyiladi. Yuqoridagi holatda jyemper işlab çiqaruvçi Britaniya kompaniyalariga nisbatan proteksionizmning qöllanişi amerika xalqini arzon mahsulotdan mahrum qiladi. Natijada ular qimmatroq bölgan amerikança jyemperlarni sotib olişga majbur böladi, qarabsizki, boşqa xarajatlarga kamroq pul qoladi. Boşqa yönalişlarda mahsulot xarid hajmi kamayadi, bu esa öşa sohalarga zarar keltiradi. Proteksionizm Amerikaning jyemper işlab çiqaruvçi kompaniyasini himoya qilgani bilan, boşqa kompaniyalarga zarar keltiradi.
Eksportga qançalik intilsak, importdan şunçalik qörqamiz. Ammo normal holatda import va eksport özaro muvozanat holatida bölişi kerak. Eksport orqali biz importga pul tölaymiz, va aksinça, agar importni qabul qilmasak, xorijdagilarning bizning mahsulotimizni xarid qilişga puli bölmaydi. Kelib çiqadiki, xalqaro savdoda iştirok etuvçi mamlakatlarga faqatgina eksport emas, balki import ham foydali.
Davlat maoşlarni kötarişi kerakmi?
Mamlakatda oylik maoş hajmining eng minimal körsatkiçlari nazorat qilinişi har doim ham stabillikka olib kelmasligi mumkin. Buni quyidagi misolda körib çiqamiz.
Deylik, davlat 100 dollarni eng kam oylik iş haqi sifatida belgilab qöydi. Ammo oylik mehnatini 100 dollarga baholaşning imkoni bölmagan işçi endi nima qiladi? Iş beruvçi unga 100 dollardan kam berişi mumkin emas, ammo qilinadigan mehnat 100 dollarni oqlamaydi. Natijada iş beruvçi işçiga ortiği bilan maoş tölaşga majbur böladi.
Bu bilan parallel ravişda işsizlik nafaqasining ehtimoliy salbiy tomonlarini ham köra oliş kerak.
Oylik maoşning eng kam hajmi 100 dollar, işsizlik nafaqasi esa 70 dollar. Mehnatini 90 dollarga sotişi mumkin bölgan fuqaro buni amalga oşira olmayapti, natijada heç narsa qilmagani uçun 70 dollar oladi. Qolaversa, davlat jamiyatni uning xizmatlaridan mosuvo etadi. Uni işlaş imkoniyatidan mahrum qiladi va özi mehnat qilib topişi mumkin bölgan summadan kamroqqa yaşaşga majbur qiladi.
Bunda işsizlik nafaqasini oşiriş yeçim böla olmaydi. Agar uning hajmi 100 dollar qilib qöyilsa, foydali mehnat ham, bekorçilik ham bir xil qiymatda baholanayotgan bölib çiqadi.
Oylik maoşni oşirişning eng samarali yöli – kam daromadli mehnat samaradorligini kötarişdir. Işçi qançalik köp işlab çiqara olsa, jamiyat şunçalik boyiydi va iş beruvçi ham uning mehnatini şunçalik yuqori baholaydi.
Pul boylik emas
«Pul» va «boylik» tuşunçalari ayri-ayri. Boylik biz işlab çiqaradigan va iste'mol qiladigan tovarlar – oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim, binolar bilan ölçanadi. Pul esa savdo qiliş uçun vosita. Pul massasini köpaytiriş öşa valutaning xarid quvvatini kamaytiradi, ya'ni narxlar oşadi, xarid quvvati esa pasayadi.
Agar hukumat yiğayotgan soliqlaridan köra köproq xarajat qilsa, inflatsiya ehtimoli yuzaga keladi. Inflatsiya esa, tabiiyki, iqtisodiyot uçun yaxşi emas.
Iqtisodiyot – davlat aholi turmuş farovonligini ta'minlaş uçun qöllayotgan strategiyalarning ham qisqa muddatli, ham uzoq kelajakdagi natijasini örganuvçi fan.
Iqtisodiyot hozir real hayotda bölganidek bir hovuç kişilar şuğullanadigan emas, butun aholi birdek ega bölişi şart bölgan bazaviy bilimga aylanişi kerak.
Şundagina davlatning harakatlarini «nega?» va «qanday qilib?» savollari orqali tahlil qiliş mumkin.