Bog‘dod tumani hokimi o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltakladi
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi pedagogika kollejining zimmasiga bu yil gazeta va jurnallar uchun qariyb 24 mln so‘m obuna rejasi qo‘yilgan. Bu rejani bajarolmagan kollej direktori tuman hokimining o‘rinbosari tomonidan kaltaklandi.
![](https://storage.kun.uz/source/10/b_1Bqh7c3LpwIvNQK2b0hL1gRw3n_7ur.jpg)
Foto: Kun.uz
Kollej direktori Shuhrat Qosimovning Kun.uz'ga aytishicha, janjal 14 noyabr kuni Bog‘dod tumani hokimiyati binosida yuzaga kelgan. Tuman hokimining o‘rinbosari boshchiligida ertalab soat 8:00da obuna masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Qosimovga ko‘ra, shu vaqtgacha mahalliy hokimliklar tomonidan ijtimoiy soha vakillarining deyarli hammasi, ayniqsa maktab, kollej, litsey xodimlari doimiy ravishda majburiy obunaga jalb etib kelingan.
“Yiliga 3 oy uchun obuna pulini to‘lardik, 5–5,5 mln so‘m bo‘lardi. Lekin bu safargisi juda oshib tushdi, 24 mln so‘mlik plan berishdi”,– deydi u Kun.uz muxbiriga.
![](https://storage.kun.uz/source/10/l61IuORGtzuxSmxpah-_q5UKJ15NfEDw.jpg)
“Har bir gazeta, jurnallar soniga bo‘lib, shu summani chiqarishimiz kerakligi aytilgan. Bu bo‘yicha hech qanday rasmiy hujjat yo‘q, hammasi og‘zaki ravishda aytilgan. Shu ro‘yxatni hammamizga berishgan, endi shu ro‘yxatni bo‘lishga harakat qilib yotibmiz. Yig‘ilishda shu masalalar ko‘tarilib, oxirgi 3- yoki 4-navbatda menga keldi. Soat 8:25lar edi, mendan nimaga “plan”ni bajarmayotganimni so‘rashdi. Men 5,5 mln so‘mlik qilganimni, lekin 24 mln so‘mlikka ulgurmaganimni aytdim. O‘qituvchilarga bu ishni qildira olmasligimni aytdim.
Keyin hokim o‘rinbosari: “O‘qituvchilarga nega qildirmayapsiz, ular ham bittadan to‘lashsa, urinib qolishmaydi, hammasi “premiya” oladi, man “premiya”larini ham tekshirtiraman, bittadan qilishga majbursizlar”, dedi. Men ham bunday qilishga haqqim yo‘qligini aytib turib oldim. Aprel oyida o‘zimda pul bo‘ladi, qolganini mayli qilib beraman deb tushuntirishga urindim. Shunda kostyumini yechdi-da, oldimga kelib: “Siz topshiriqlarni bajarmayapsiz”, dedi. Nima qilib topshiriqlarni bajarmayapman deyishimni bilaman, o‘ng tomon yuzim, jag‘imga musht kelib tushdi.
Yiqilib, hushimdan ketdim. Keyin shu vaqtda oldimga xodimlar kelib, kotibaning xonasiga olib tushib qo‘yishgan ekan. Boshim aylanib, ko‘nglim aynib qolgandi. 4-5 daqiqa tinch o‘tirgach, hokimning oldiga tushdim. Bo‘lgan voqeani aytib berdim, lekin befarq bo‘lishdi”, – deydi Shuhrat Qosimov.
Zarbadan so‘ng o‘sha kuni Qosimovning ahvoli og‘irlashgan, qon bosimi ko‘tarilib, o‘zini yomon his qilgan. Tez yordam chaqirilgach, unga gipertoniya tashxisi qo‘yilib, dastlabki muolajalar qilingan. Shundan keyin shifoxonaga yotqizilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/10/U9MErbXjTPqNFe5uPsGAGYEPP79cdJOj.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/10/G3tcKiZm_kwKKTSGEXOzl_fR8BM5BOGG.jpg)
Ayni vaqtda kollej direktori shifoxonada davolanmoqda. Shifokorlarga ko‘ra, direktorning miyasida chayqalish va o‘ng jag‘ qismida shikastlanish bo‘lgan.
Surishtiruv davomida majlisda bevosita ishtirok etgan va janjalga guvoh bo‘lgan xodimlar hokim o‘rinbosarining kollej direktorini urganini tasdiqlashdi. Ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan nomlari oshkor qilinishini istashmadi.
Kun.uz holat yuzasidan Bog‘dod tumani prokuraturasi bilan ham bog‘landi. Tuman prokurori o‘rinbosari Murod Yusupovga ko‘ra, hozirda vaziyat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
“Holat bo‘yicha voqea joyiga chiqqanmiz, ayni vaqt xizmat tekshiruvi tayinlangan, ekspertiza qilinib, hamma ishlarni bajaryapmiz. Tushuntirish xatlari olinib, tekshiruvlarni amalga oshiryapmiz”, – dedi Yusupov.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, hokim o‘rinbosarining bu xatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi ochilishi kutilmoqda, ammo mansabdorlar ishni yopdi-yopdi qilish jarayonida bo‘lishi ham mumkin.
Tavsiya etamiz
“Psixoximik”ning oilaviy avantyurasi. “Gold terapi”ga aldanganlar nimalarni boshdan kechirdi?
O‘zbekiston | 20:00 / 17.02.2025
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?
Iqtisodiyot | 12:05 / 16.02.2025
G‘azoni yegani bo‘rilar keldi. Musulmon dunyosi qani?
Jahon | 17:47 / 15.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari davom etmoqda
Sport | 14:00
-
Ukraina va NATO yangi markazda Rossiya bilan urush tajribasini o‘rganmoqda
Jahon | 13:58
-
G‘azoning tiklanishiga qarshi Isroil, Rossiyadan cho‘chimaslikni ta’kidlagan Tramp va AQSh-Yevropa birligiga ketgan darz - kun dayjesti
Jahon | 13:57
-
Fuqarolarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi
O‘zbekiston | 13:44
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/gZdHq6XhVdIqDfabZO49m4Zkvpu3KM0G_medium.jpg)
19:28 / 22.07.2024
“Turar joylar sud boshqaruvchisi tomonidan sotuvga chiqarilgan” – Universal bank Farg‘onadagi “dom” mojarosiga munosabat bildirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/1YRQMBHsqdP2vzI7G478H2I-eXFNbxKT_medium.jpg)
12:00 / 18.07.2024
Toshkentdagi “Azia invest” mojarosi Farg‘onada takrorlanyapti. Fuqarolar hukumatdan najot kutmoqda
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/hcMVUpHZfoRqTBbLcacU2GjWhidgiOvT_medium.jpg)
11:22 / 01.06.2024
Sharof Rashidovning asl suratlaridan tarixiy tangalargacha bor – payvandchi kolleksioner
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/MlatbwNbubwFYtAtdlP8Otj9OK5waK5o_medium.jpg)
15:40 / 01.04.2024