Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Andijonda yana yangi kasallar aniqlana boshladi
16 may kuni O‘zbekistonda jami 15ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 34 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2247 bemor sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 494 bemor davolanmoqda. Ayni vaqtga kelib respublika bo‘yicha davolanish ko‘rsatkichi 81 foizga yetdi.
Bugun eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahrida qayd etilgan - 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Shuningdek, Andijonda 5 kishiga, Buxoroda 2 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Ushbu viloyatlarda so‘nggi kunlarda yangi zararlanish holatlari qayd etilmayotgandi.
E'tiborli jihati, so‘nggi vaqtlarda virus avj olgan Samarqandda yangi holatlar qayd etilmadi.
Bugun to‘rtta hududda - Buxoro (7), Andijon (1), Surxondaryo (2) va Toshkentda (24) jami 34 kishi koronavirusdan tuzalib chiqdi.
Hozirda Buxoroda 2 (bugun qayd etilgan bemorlar), Surxondaryoda 1, Andijonda 8 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Bugun Surxondaryoda bemorlardan biri vafot etdi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
12:10 / 27.05.2026