Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, metan gaz uçun belgilangan eng baland çakana narxning amal qiliş muddati uzaytirilyapti. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, endilikda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida tabiiy gazni sotişda uning eng baland çakana narxi 2024 yil 1 iyungaça bir kub metr uçun 3 350 söm qilib belgilanmoqda.
Ya’ni 1 apreldan e’tiboran yakuniga yetişi kerak bölgan eng baland çakana narx uçun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy özgartişlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 söm edi).
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi ayrim gaz töldiriş şoxobçalarida 1 apreldan metan gaz narxi oşişi haqida e’lonlar paydo bölgan, ularda 1 metr kub gaz narxi 3800 söm bölişi ma’lum qilingandi.













