Ötgan qariyb 30 yilda Fuzuliy butkul vayron bölib, “arvoh şahar”ga aylangan edi. Harbiy harakatlarga qadar bu yerda 18 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilgan.

2020 yilda qayta tiklaş işlari boşlangaç, şaharga asta-sekin hayot qaytmoqda. Uy-joylar qurilib, ijtimoiy va transport infratuzilmasi bunyod etilmoqda.

Uşbu muhim va oğir pallada Özbekiston Ozarboyjon bilan birga. Zero, xalqlarimiz örtasidagi munosabatlarning ildizlari uzoq ötmişga ega. Bizlarni bir din, til va an’analar, ma’naviy qadriyatlar va madaniyat muştarakligi birlaştirib turadi.

Mustahkam döstlik va birodarlik ifodasi sifatida mamlakatimiz yetakçisi 2021 yil 31 mart kuni ötgan Turkiy kengaşning norasmiy sammitida Özbekiston Qoraboğ zaminidagi yodgorliklar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini qayta tiklaşga öz hissasini qöşişga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.

Fuzuliy şahrida 960 nafar öquvçiga möljallangan zamonaviy maktab qurilişi Prezidentimiz taşabbusining amaliy ifodasi böldi.

Mirzo Uluğbek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional öquv xonasi, majlislar va sport zallari, oşxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam oliş va tadbirlar ötkaziş uçun joylar, yuguriş yölaklari taşkil qilingan.

Yangi maktab xalqlarimizni yanada yaqinlaştiriş, ösib kelayotgan ozarbayjonlik öğil-qizlarni Özbekistonning boy tarixi va madaniyatiga, buyuk ajdodlarimizning merosiga oşno qilişga xizmat qiladi.

Ikki mamlakat yetakçilari rafiqalari bilan birga bayramona tasmani kesib, maktabni tantanali ravişda oçdilar. 

Prezidentlar öquv binolari va maktab hududi bilan tanişib, öquvçilar bilan samimiy suhbatlaşdilar, ularga öqişda muvaffaqiyat tiladilar.

Söng davlat rahbarlari Fuzuliy şahrida barpo etilayotgan uy-joy majmuasiga taşrif buyurdilar.

Prezidentlar majmuadagi xonadon egalari bilan uçraşdilar. Davlatimiz rahbari ularni yangi uyli bölgani bilan tabrikladi.