Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli tumanidagi qator mahallalar Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi
Sergeli tumani hududidagi 13ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismini yangi tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tegishli hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, Sergeli tumanidagi Al-Farg‘oniy, “Viqor”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot”, “Yo‘ldosh”, “Charog‘on”, “Do‘stlik”, “Navqiron”, “Olchazor”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi Choshtepa”, “Humo” mahalla fuqarolar yig‘ini to‘liq va “Daryo bo‘yi”, “Qipchoq”, “Sofdil”, “Past darxon”, “Jo‘nariq”, “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarni hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlarini yangi tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga taklif kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 29 may kuni Toshkentning Sergeli tumaniga tashrifi chog‘ida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan Yangihayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
14:13 / 16.04.2026
Yangihayotdagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni hojatxonaga qamagani aytilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
10:29 / 20.02.2026