Yiğilişda davlat rahbari ayrim viloyat va tuman hokimlari faoliyati bilan tanişdi. Xususan, Pop va Romitan tumanlari hokimlarining taklif va taşabbusini ijobiy baholadi. Prezident Buxoroga taşrifi doirasida Romitan tumani tajribasi, u yerda amalga oşiriladigan loyihalarni televideniye orqali körsatişni taklif qildi.
Prezident Pop va Romitan tumanlari hokimlari faoliyatiga yuqori baho bergan.
«Bular bizning harakatlarimiz mahsuli, islohotlar natijasi. Biri oğir tumanning iqtisodini kötardi, ikkinçisi yangiça takliflari bilan oldimga masala qöya olyapti. Men şunaqa rahbarlarni yaxşi köraman», degan prezident.
Prezident Andijon viloyatidan Izboskan, Qoraqalpoğistondan Beruniy, Jizzaxdan Şarof Raşidov, Qaşqadaryodan Qamaşi, Samarqanddan Narpay, Surxondaryodan Termiz, Xorazmdan Boğot tumanlaridagi holatni islohot natijasi deb baholagan va televideniyega uşbu tumanlar böyiça ijobiy körsatuvlar tayyorlaş topşiriğini bergan. Uşbu tumanlarda asosan iş örni yaratişda loyiha va taklif borligi ta'kidlangan.
Yiğilişda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga yuqori baho bergan.
«Dekabrda sening tajribangni eşitamiz. Oliy Majlisda hisobot berasan. Viloyatda yaxşi işlayotgan IIB boşliqlari va prokurorlarning yulduzçasini köpaytiraman, yil yakuni böyiça juda katta moddiy mukofot beraman, ularning ham oilasi bor, işlagani uçun rağbat böladi. Işlamaganlar ketadi, yoş-yoş yigitlarni olib kelaman. Menga tajriba emas, sadoqat va fidoyilik kerak», degan davlat rahbari.
Yiğilişda MTRK faoliyati tanqid ostiga olingan.
«Menga maqtaş kerak emas. Prezident falon qildi, deb. Islohot natijasida odamlarning dunyoqaraşi özgaryapti, manfaatdorlik ruhi paydo bölyapti. Yer meniki, degan tasavvur paydo bölyapti. Islohot amalda, degan narsani körsatinglar. Faqat maqtaş emas. Oldin qanday edi, hozir qanday, odamlar qanday...
Sizlarga bir gapni aytişga qörqaman, darrov prezidentni maqtay boşlaysiz. Men hammaga aytdim, prezident qilmayapti buni, islohot qilyapti. Qonun qilyapti, odamlar qabul qilyapti», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident MTRK rahbari A.Xodjayevga bu kabi xabarlarni yoritişda bilimli va xolis jurnalistlarni jalb qiliş yuzasidan topşiriq bergan.













