“150 ming nafar yoşlarimiz xorijiy oliygohlarda ta’lim olmoqda. Bundan taşqari, 2 million atrofidagi yurtdoşlarimiz rözğorini tebratiş uçun, oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – xorijda mehnat qilmoqda. Albatta, musofir yurtda, turli qiyinçilik va maşaqqatlarga çidab, halol mehnat qilib, non topiş oson emas.
Xorijda bunday şaroitda yaşab kelayotgan odamlarimizni haqiqiy qahramon, desak, töğri böladi. Çet ellarda tajriba va malaka orttirayotgan ana şunday vatandoşlarimizga rahmat aytişimiz kerak”, dedi nomzod.
Şavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoşlarni qöllab-quvvatlaş çoralarini ma’lum qildi.
“Çet eldagi fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiramiz. Xususan, oğir ahvolga tuşib qolgan barça yurtdoşlarimizga xorijiy davlatning özida moddiy yordam imkoniyatlarini yanada kengaytiramiz. Jumladan, ularga vaqtinça yaşaş, hujjatlarini tiklaş, ona Vataniga qaytiş kabi xarajatlari töliq qoplab beriladi.
Taqdir taqozosi bilan xorijda vafot etgan yurtdoşlarimizni öz yurtiga olib keliş davlat tomonidan ta’minlanadi. Ularning qaramoğida bölgan oila a’zolariga alohida ğamxörlik qilinadi, farzandlarini öqitiş va kasb-hunarga örgatiş böyiça har tomonlama yordam körsatiladi.
Bundan taşqari, xorijda işlayotgan odamlarimizning huquqlarini himoya qiliş maqsadida, ularga advokat jalb etiş xarajatlarini qoplaş va huquqiy yordam beriş tizimi yölga qöyiladi”, dedi u.
AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa davlatlaridan yuqori maoş tölanadigan iş topib ketayotgan yurtdoşlarimizga yöl çiptasi va “işçi viza”ni oliş xarajatlari töliq qoplab beriladi.
Bundan taşqari, çet eldagi yurtdoşlarimiz uçun:
- onlayn hujjat oliş va boşqa davlat xizmatlarini körsatiş imkoniyatlari yaratiladi, ularning narxlari içki tariflarga tenglaştiriladi;
- doimiy konsullik hisobida turiş badali bekor qilinadi, hisobda turiş şartlari soddalaşadi;
- soğliği va hayotini suğurtalaş kölami kengaytiriladi. Bunda, “ijtimoiy reyestr” va “3 ta daftar”larga kirgan şaxslarga suğurta xarajatlari uçun subsidiya beriladi;
- Germaniya, Yaponiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va boşqa davlatlarda, şuningdek, Rossiyaning yirik şaharlarida bepul huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam körsatadigan markazlar oçiladi (hozirda Rossiyaning Moskva şahrida hamda Koreya, Qozoğiston va Turkiyada taşkil etilgan);


















