Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi
Sergeli-8 mavzesida ayol 3 nafar voyaga yetmagan bolasi bilan birga o‘zini 9-qavatdan tashlagan. Natijada ayol va uning besh, to‘rt va bir yoshli farzandlari voqea joyida vafot etgan.
Voqea 2023 yil 3 aprel kuni soat taxminan 19 da Sergeli tumanining 8-mavzesida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 27 yoshli A.D. farzandlari, 2018 yilda tug‘ilgan S.Y. 2019 yilda tug‘ilgan S.A. va 2022 yilda tug‘ilgan S.R.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, ularni yotoqxona derazasi oldiga olib borgan. Avval 5 yoshli farzandi S.Y. hamda 4 yoshli S.A.ni 9-qavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ng kichik farzandi S.R.ni olib, o‘zi bilan birga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.
Ayol va farzandlari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mavzuga oid
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026
Toshkent shahri tarkibiga o‘tgan mahallalarda infratuzilma bo‘yicha birorta masala qolmasligi kerak - prezident
16:47 / 04.07.2026