Kelgusida 200 ming sömlik kupyurani muomalaga çiqariş ham rejalaştirilgan va bu 2024 yilda amalga oşirilişi mumkin. Bu haqda Markaziy bank Boşqaruvining 2022 yil 20 yanvarda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisidagi qarori yuzasidan ötkazilayotgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
"Biz muomaladagi naqd pulni optimallaştiriş jarayonini amalga oşirmoqdamiz. 2017 yilda ilk bor 50 ming sömlik banknotani çiqarganimizda, muomaladagi naqd pul miqdori aholi jon boşiga 489 donani taşkil qilardi. Ya’ni, Özbekistondagi har bir kişiga qiymati turliça: 200, 500, 1000 söm bölgan 489 dona pul birligi töğri kelgan. Bugungi kunga qadar bu körsatkiçni ikki barobardan köproqqa qisqartirdik. Hozir esa aholi jon boşiga töğri keladigan pul birligi soni 200 donadan sal oşadi", — dedi Mamarizo Nurmuratov
Ma’lumot uçun, hozirda foydalanilayotgan 1000 sömlik banknotalar 2001 yilda, 5 ming sömlik kupyuralar 2013 yil 1 iyuldan, 10 ming sömlik banknotalar 2017 yil 10 martdan, 50 ming sömlik pul biletlari 2017 yil 22 avgustdan, 100 ming sömlik 2019 yil 25 fevraldan ,2 ming va 20 ming sömlik 2021 yilning 14 iyun kunidan boşlab muomalaga kiritilgan edi.
Ötgan yilning 27 dekabridan esa yangi körinişdagi nominal qiymati 50 ming söm va 100 ming söm bölgan banknot şaklida pul belgilari ham muomalaga çiqarildi.












