Toşkent şahrida faoliyat yuritadigan tadbirkorning «obnal işi» yuzasidan Toşkent şahar soliq boşqarmasiga nisbatan arizasi Toşkent tumanlararo ma'muriy sudida körib çiqila boşlandi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Sud avvalida Kun.uz jarayonni tasvirga oliş uçun sudyadan ruxsat söradi. Soliq organi vakili jarayon tasvirga olinişiga qarşilik bildirdi, da'vogar esa (tadbirkor) bu masalani sudga havola qildi. Sudya jarayonni videotasvirga olişga ruxsat etilmasligi töğrisida ajrim çiqardi.
Ma'lum bölişiça, tadbirkor Toşkent şahar soliq boşqarmasi bitimlarni közböyamaçilik uçun tuzgan deb hisoblab, QQS soliği böyiça 691 million söm soliq majburiyatini yuklaşini qonunga xilof, deb topiş töğrisida ariza bilan sudga murojaat qilgan. Tadbirkor soliq organining unga nisbatan amalga oşirgan xatti-harakatini qonunga zid deb hisoblamoqda.
Soliq organi şu yil 3 fevralda tadbirkorga yuborgan xatida MÇJning 2020 yilda tuzilgan bir qator bitimlari soliq organi tomonidan közböyamaçilik uçun tuzilgan deb topilib, Soliq kodeksining 266-moddasi asosida hisobga olişni bekor qilişi ma'lum qilingan.
Da'vogarning arizasiga köra, Toşkent şahri DSB tomonidan Soliq kodeksining uşbu moddasida nazarda tutilgan «dalillar»ga ega bölmay turib sotib olingan tovar böyiça soliqni hisobga olişni bekor qilib, tadbirkorga «asossiz ravişda» 691 million söm soliq tölaş majburiyati yuklatilgan.
Kodeksga köra, agar hisobga oliş huquqi tovarlarni (xizmatlarni) oliş böyiça qalbaki yoki közböyamaçilik uçun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganiga oid dalillar mavjud bölsa, soliq organlari hisobga olişni bekor qilişni yoki unga tuzatişni amalga oşirişga haqli deb belgilangan. Tadbirkor soliq organida bitimlarni haqiqiy emas deb topişi uçun dalillar mavjud emas deb hisoblab, bitimlarni közböyamaçilik uçun tuzilgan deb topilişiga norozi ekanini bildirmoqda.
«SKning 14-moddasiga asosan, soliq tölovçi norozi bölgan taqdirda soliq organlarining da'vosi sud tomonidan amalga oşiriladi, biroq bugungi kunda Toşkent şahar DSB ixtiyorida korxonamizning bitimlari közböyamaçilik uçun tuzilgan deb topilgani töğrisida sud qarori mavjud emas», – deyiladi arizada.
Sud jarayonida tomonlarning fikrlari tinglandi. Tadbirkor da'vosiga nisbatan soliq organi vakillari öz e'tirozlarini bildirdi.
«QQS bu – zanjir. Deylik, dehqon mahsulot yetiştirdi, uni 100 sömga sotayotganda QQS bilan 120 sömga sotadi, har safar sotilganda mahsulot ustiga 15 foiz QQS hisoblab ketiladi. Mahsulot QQS tölovçisi bölmagan tadbirkor qöliga kelganda zanjir uziladi. Bunda QQS hisobga olinmaydi. Korxona bu holatda QQS summasini tölamagan bölsa-da, QQSni hisobga olgan. Çunki uning kontragenti nohalol soliq tölovçisi röyxatiga kirib, QQS guvohnomasi bekor bölgan. Holat kontragent bilan bölgan munosabatdan kelib çiqmoqda.











