Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eksportining qariyb 30 foizini oltin tashkil qildi
Foto: REUTERS
O‘zbekiston joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida 3,98 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Qayd etilishicha, eksport umumiy hajmida oltinning ulushi 29,1 foizni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda qariyb 2,6 barobar ko‘pdir.
Ikkinchi o‘rinda xizmatlar (18,6 foiz - 2,54 mlrd dollar), uchinchi pog‘onada energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,1 foiz - 2,20 mlrd dollar).
Shuningdek, ko‘rsatilgan davr mobaynida 1,17 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 1,14 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari, 706,6 mln dollarlik rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar hamda 675,2 mln dollarlik kimyo mahsulotlari va buyumlari eksportga chiqarilgan.
Bundan oldin, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
09:15 / 02.04.2026