Majlisda şu yilning 24 oktabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovida ÖzLiDePning iştiroki, prezidentlik saylovida ÖzLiDePdan körsatiladigan bölajak nomzod hamda navbatdagi qurultoy kun tartibidan örin olgan masalalar muhokama etildi.
Partiya Markaziy kengaşi raisi Ahtam Hayitov kengaş a'zolariga Şavkat Mirziyoyevni bölajak prezidentlik saylovlarida partiya nomzodi sifatida ilgari suriş taklifini berdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar, xususan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev, Navoiy kon-metallurgiya kombinati boş direktori, Özbekiston qahramoni Quvondiq Sanaqulov va boşqa spikerlar ötgan 5 yilda Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan jarayonlarining ortga qaytmasligi, yurt va el taqdiri, ertangi kun uşbu özgarişlarning muvaffaqiyatli borişi bilan bevosita boğliq ekanini ta'kidlab, tavsiya etilgan nomzodni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
ÖzLiDeP siyosiy kengaşi a'zolari yakdillik bilan Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Respublikasi prezidentligiga bölajak nomzod sifatida körsatiş taklifini bir ovozdan qöllab-quvvatladi.
Yiğilişda ÖzLiDeP siyosiy kengaşi a'zosi Abdulla Aripov ham iştirok etib, ötgan beş yilda prezident rahbarligida amalga oşirilgan işlar va islohotlarga töxtaldi.
Boş vazir, xususan, makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanişining asosiy omilini aytib ötdi.

“Bir narsani sizlarga eslatmoqçiman. Beş yil avval valuta bozori qay ahvolda edi? Köp-köp qöştirnoq içidagi “aqlli” iqtisodçilar valuta bozori erkinlaşişiga keskin qarşi bölişgan. Faqatgina hurmatli Şavkat Miromonoviçning qat'iyati bilan valuta bozori erkinlaşdi. Milliy valuta – sömni erkin ayirboşlaş imkoniyati yaratildi. Haqiqiy bozor iqtisodiyotini barpo etiş maqsadida qabul qilingan uşbu tarixiy qarorlari tufayli makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlandi”, – dedi Aripov.
Töliq ma'ruza bilan yuqoridagi video orqali tanişing.
















