E-qaror platformasida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengaşining VI-52-98-9-0-K/23 raqamli qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan ayrim “xarajatlarga” viloyat mahalliy budjetining 2023 yilda şakllangan qöşimça manbalari hisobidan 7,6 mlrd söm mablağ ajratiş nazar tutilgan.


Qaror ilovasida ajratilgan mablağ nimaga yönaltirilişi keltirib ötilgan. Jumladan, viloyat hokimining örinbosarlari hamda tuman va şahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qiliş uçun 4 mlrd söm ajratilgan.

Sirdaryo viloyati hokimining 8 nafar örinbosari bor. Ammo ayni paytda ularning ixtiyorida işlab çiqarilganiga 6 yildan oşmagan xizmat maşinalari mavjud.
Jumladan, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Raximjon Boboyev 2019 yilda işlab çiqarilgan Malibu maşinasidan foydalanadi. Viloyat hokimining örinbosarlari – Dilmurod Abdurahmonovda 2022 yilda işlab çiqarilgan Hyundai Santa Fe, Erkin Möminovda 2018 yilda işlab çiqarilgan Lacetti, Vohid Ibodullayevda 2022 yilda işlab çiqarilgan Hyundai Tucson, Bahodir Botirovda 2019 yilda işlab çiqarilgan Malibu, Şoxruh Isoqulovda 2020 yilda işlab çiqarilgan UAZ 3163485 xizmat maşinasi bor. Viloyat hokimining bugun işdan olingan örinbosari Şavkat Zayniddinov 2017 yilda işlab çiqarilgan Captiva maşinasidan foydalanib kelgan.

Tuman va şahar hokimlarining ham barçasini yangi Tracker’ga muhtoj deb bölmaydi. Sababi, Şirin va Yangiyer şaharlari hamda Oqoltin va Mirzobod tumanlari hokimlari 2019-2020 yillarda işlab çiqarilgan Lacetti maşinalaridan foydalanişadi. Sardoba va Guliston tumanlari hokimlarida esa 2019 yilda işlab çiqarilgan Chevrolet Niva bor.












