Norvegiyada 11 yanvardan FM-diapazonda işlovçi radiostansiyalar sekin-asta yopila boşlanadi, bir neça oydan keyin esa oddiy radiopriyomnik tutişi mumkin bölgan katta radiostansiyalar qolmaydi. Gap şundaki, Norvegiya raqamli radioga töliq ötayotgan va FM diapazonni yopayotgan dunyodagi birinçi davlat bölmoqda. Biroq köpçilik norveglar bu qarorni qöllab-quvvatlaşmayapti. Quyida bu batafsil körib çiqilgan.

Norvegiyada FM-radiodan voz keçişga 2 yil avval qaror qilingan. Buni amalga oşiriş uçun bir neça muhim şartlarni bajariş kerak bölgan. Birinçidan, umummilliy NRK radiosi raqamli radio bilan mamlakatning 99,5 foiz hududini qoplab olişi kerak. Ikkinçidan, radiotinglovçilarning kamida yarmi har kuni raqamli formatdagi radioni tinglaşlari kerak. Uçinçidan, bozorda raqamli radioni avtomobillarda qabul qiliş uçun arzon adapterlar paydo bölişi lozim. Şu tariqa, Norvegiya uning aholisi raqamli radioga tayyorligiga işonç hosil qilgan holda FM-radiodan voz keçmoqda.

Uşbu skandinav davlatida barça radioeşittiriş raqamli böladi. Hozirda FM-diapazonda 5 ta milliy va yana bir neçta hududiy radiostansiyalar işlamoqda. Raqamli DAB formati esa 40 dan köproq stansiya signalini uzatişga imkon beradi. Hozirning özidayoq raqamli formatda 20 ta stansiya işlamoqda. Norvegiyada raqamli radiosignalni qabul qiluvçi statsionar qabul qilgiçlar bilan muammo yöq, biroq avtomobillar borasida bunday deb bölmaydi, çunki 20 foiz avtomobilgina DAB-signalni qabul qiladigan priyomniklar bilan jihozlangan.

Norvegiya hukumatining ta'kidlaşiça, raqamli signalning bir neça afzal jihatlari bor: unda radioeşittiriş arzonroq va işonçliroqdir, ayniqsa, oddiy signalning ötişiga halaqit qiluvçi toğli hududlarda. DAB formatining ovozi yaxşiroq. Bundan taşqari, Norvegiyadagi mavjud radioeşittiriş tizimi ançagina zamondan ortda qolgan va unga xizmat körsatiş qimmatdir.

FM-radio sekin-asta öçiriladi. 11 yanvardan boşlab mamlakat şimolidagi Bodo şahri, keyin 2017 yil davomida qolgan hududlarda an'anaviy radiosignal amal qilmay qöyadi. Yil oxiriga kelib milliy stansiyalar FM’da umuman faoliyat körsatmaydi, mahalliy radiostansiyalar esa undan yana bir neça yil foydalanişlari mumkin böladi.

Biroq sörovnomalarga köra, norveglarning uçdan ikki qismi bu qarordan norozi. Ba'zilar FM-radiostansiyalarda uzatiluvçi favqulodda vaziyatlar haqidagi signallardan mahrum bölişlaridan xavotirlanmoqdalar, boşqalar esa raqamli radioni maşinada uşlaş uçun qimmat adapter sotib oliş kerakligidan şikoyat qilişmoqda. Ma'lum qilinişiça, aholisi 5 mln kişi bölgan Norvegiyada 15 mln ta FM-priyomnik bor va yaqinda ular umuman kerakmas bölib qoladi. Naşrning ta'kidlaşiça, bunga qarşi çiqayotganlarning aksariyatini keksa yoşlilarni taşkil qiladi, yoşlar esa bunga qarşimas.