Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 16 avgustda “Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filialini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilandi:
madaniyat va san'at sohasida fundamental bilim va tuşunçalar, tarixiy va zamonaviy an'analar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat standarti böyiça belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlaş;
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib çiqqan holda, yuqori sifatli bilim va malaka beriş;
bitiruvçilarni işga joylaştiriş böyiça buyurtmalarni şakllantiriş;
professor-ökituvçilar tarkibining öz kasb sohasidagi bilim va tajribasi, ilmiy-ijodiy salohiyati va pedagogik mahoratini doimiy ravişda oşiriş;
ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan böyiça erişilgan ilğor yutuqlarni tatbiq etiş.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filiali tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan çeklangan umumiy soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.
Filialga 2017/2018 öquv yili uçun “5150300 - aktyorlik san'ati (turlari böyiça)” ta'lim yönalişiga bakalavrlar tayyorlaş böyiça jami 25 ta - şundan 10 tasi davlat grantlari, 15 tasi tölov-kontrakt asosida - qabul kvotasi ajratiladi;
2017/2018 öquv yili uçun qabul jarayoni Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutida amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farğona mintaqaviy filialining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va uning davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaydi;

















