26 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferensiya shaklida O‘zbekistonda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga BAA Xalifa bin Bin Zoid Ol Nahayon nomidagi xayriya jamg‘armasining texnik ko‘magini jalb etish bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi.

O‘zbekiston tomonidan bitimni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va BAA tomonidan moliya vaziri o‘rinbosari Yunis Hoji Al-Xuriy imzoladi.

Loyihaning umumiy qiymati 27 mln dollarni tashkil etadi va moliyalashtirishi to‘liq Xalifa bin Bin Zoid Ol Nahayon jamg‘armasi grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
100 bemorga mo‘ljallangan hamda dizayn va texnik jihozlari bo‘yicha hududda yagona bo‘lgan yangi shifoxona tug‘uruqoldi va tug‘uruq bo‘limlari, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun palatalar, onalar va bolalar intensiv terapiyasi bo‘limlari, jarrohlik bo‘limi, shifoxona, ambulatoriya va maslahat diagnostika bo‘limlari hamda laboratoriyalarga ega bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda obektda qurilish ishlari boshlangan. 2022 yil yakuniga qadar uning to‘liq qurib bitkazilishi kutilmoqda. Eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi tibbiyot maskani Orolbo‘yi mintaqasi aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi.
















