Duşanba kunidan Ispaniyada zavodlar faoliyati tiklandi. Seşanba kunidan Italiyada dökonlar oçiladi.

Avvalroq Yevropaning yana bir davlati Daniya maktablar oçilişi va fuqarolarning harakatlanişi böyiça ayrim çeklovlar olib taşlanişi haqida e'lon qilgandi.

Germaniyada hukumat çeklov çoralarini yumşatiş masalasini körib çiqmoqda, Fransiyada karantin muddati uzaytirildi. Buyuk Britaniya ham hozirça barça çeklovlar öz kuçida qolişini ma'lum qilib bölgan.

Foto: AFP

JSST esa virus tez tarqalişi, lekin sekinlik bilan yöqolişini inobatga olgan holda karantindan voz keçişga şoşilişdan tiyilişga çaqirib, bu yangi holatlar ortişiga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Taşkilot eksperti Mariya Van Kerkxove şunday qöşimça qilgan: «Butun Yevropa bir vaqtda karantindan çiqmasligi juda muhimdir».

Bosqiçma-bosqiç karantin çoralarini bekor qilayotgan Italiya va Ispaniyada sönggi haftada kunlik zararlaniş holatlari kamaya boşladi. Ispaniyada duşanba kuni 3 477ta yangi holat qayd etilgan - bu bir kun oldingidan (5 mingga yaqin) kamroqdir. Ölimlar soni ham kamayişda davom etmoqda - duşanba kuni Ispaniya soğliqni saqlaş vazirligi 517ta ölim holatini tasdiqladi, bu yakşanba kungi körsatkiçdan 102taga kam.

«Ğalabaga va odatiy hayot tarziga qaytişga hali erta. Biz barçamiz yana köçalarga çiqib yurişni istaymiz, ammo biz bu uruşda ğalaba qozoniş va bu holat qaytalanişining oldini olişni yanada kuçliroq istaymiz», - deya ogohlantirdi mamlakat boş vaziri Pedro Sançes.

AQŞda epidemiya şu haftada kötariliş nuqtasidan ötişi kutilmoqda. «Hozirda biz pikka yaqinlaşmoqdamiz. Buni ölimlar soni avvalgi kunlardagidan kamroq böla boşlaganidan keyin sezamiz», degan AQŞ Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi rahbari, ekspert, Robert Redfild.

13 aprel kuni Amerikada koronavirus yana 1147 kişini hayotdan olib ketdi va jami qurbonlar soni 23 mingdan oşdi. Sönggi 24 soatda yana 19186ta yangi zararlaniş holati tasdiqlandi va jami holatlar soni 579 mingdan oşdi.