Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov Angor tumani prokurori Sirojiddin Ramazonovni haqoratlagani, uni sektor rahbari sifatida iş körsatmayotganlikda ayblagani bilan boğliq audioyozuv tarqaldi.

Suhbat jarayonidan anglaş mumkinki, viloyat hokimi Bobolov prokurorni tumanda sektor rahbari sifatida yetarli darajada iş olib bormayotganlikda ayblagan.

Hokim prokurorga tumandagi tadbirkorni çaqirib bezovta qilayotganini aytgan. Bunga javoban Ramazonov: “Davlatning pulini yegani uçun çaqirganman”, deb e’tiroz bildirgan.

Suhbat avval boşdan ziddiyatli boşlangani uçun ikki tomon ham hurmatni çetga surib qöygan.

“Tilingni bir qariç qilasan menga! Itaraman men, b***t! Özingça menga ğuddayma, jöra! Yoqmayotan bölsa ket n***y b***t. Sen nima demoqçisan menga? Senga öxşaganni tiqib yuboraman. Tuşundingmi? Sen mening sovunimga kir yuvmabsan, oğayni. ... tvoyu mat! S***n n***y b***t! Şoşmay tur.

Savolimga javob ber, texnikani kiritdingmi? Javob ber. Eksport qildingmi, javob ber!” degan viloyat hokimi.

Töra Bobolov şundan söng telefon orqali prokuror masalasida kim bilandir suhbatlaşgan. U suhbatdoşiga Angor prokurorining tili bir qariç ekani, holat böyiça boş prokuror bilan gaplaşişini bildirgan.

Tarqalgan audioyozuv böyiça Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirdi. Unga köra, audiomaterial şu yil fevral oyida hokimlik soatida bölib ötgan muhokamadan kesib olinib, “boşqaça talqin qilingan”.

“Asl holatda yiğilişda kun tartibiga qöyilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tuşumlari böyiça yöl qöygan xato va kamçiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Şu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yiğiliş tanqidiy ruhda ötganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirişga majbur bölgan”, deyiladi izohda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qöşimça qilişiça, sektor rahbari sifatida prokurorga heç qanday çora körilmagan.

Kun.uz'ning viloyat prokuraturasidagi manbasi Surxondaryo viloyat hokimligining munosabatiga e’tiroz bildirdi. Audioyozuv heç qanday montaj emasligi, hokim va prokuror muloqoti 2022 yil fevral emas, 2021 yil dekabr oyida Zoom orqali ötkazilgan yiğilişdan olinganini ma’lum qildi.