Qöyliq dehqon bozori va ulgurji savdo bozori buzilişidan norozilik bildirib yölni tösib qöygan tadbirkorlarning 5 nafari ma'muriy qamoqqa olindi. Toşkent şahar IIBB axborot xizmati Kun.uz’ga bu ma'lumotni tasdiqladi.
9 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qöyliq bozori köçişidan norozi tadbirkorlar katta yölni tösib qöygani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Lavhada bir guruh kişilar dehqon bozori yonidagi köçani tösgani aks etgan. Videoga olayotgan şaxsning izohiga köra, odamlar Qöyliq bozori yöl kengaytirilişi va yöl ötkazgiç qurilişi munosabati bilan buzilişga tuşgani va bozor hududiga kiriş yopib qöyilganidan norozilik bildirib, yölni tösişga çiqqan.

Şundan söng, vaziyat içki işlar xodimlari aralaşuvi bilan bartaraf etilgan va yölni tösgan fuqarolardan bir qançasi qamoqqa olingan.
Kun.uz ma'lumot oliş uçun Toşkent şahar IIBB matbuot xizmatiga murojaat qildi. Sörovga javoban ma'lum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan beş nafar fuqaro MJTKning 195-moddasi (içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş) hamda 201-moddasida (yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buziş) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Qonunda 195-moddaga binoan bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi.
201-modda bilan esa bazaviy hisoblaş miqdorining oltmiş baravaridan sakson baravarigaça miqdorda jarimaga tortilişlari yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olinişlari mumkin.
Toşkent şahri va viloyatlarga oziq-ovqat yetkazib beruvçi Qöyliq dehqon bozori va uning yonidagi ulgurji savdo bozorining boşqa hududga köçirilişi haqidagi qaror va harakatlar sönggi kunlarda muhokamalar markaziga aylandi. Qaror e'lon qilingan 7 dekabr kuni Kun.uz muxbiri bozor hududida bölib, bu yerda savdo qiladigan tadbirkorlarning fikrlari bilan qiziqdi.
Bozorda çakana va ulgurji savdo bilan şuğullanadigan sotuvçi va tadbirkorlar öz noroziliklarini bildirib, bozorning köçişi köpçilikning işsiz qolişi, narxlar oşişi kabi salbiy holatlarni keltirib çiqarişi mumkinligini aytişdi. Boşqa joyga köçiş mijozlarning kamayişi va savdo susayişiga sabab bölişini












