Toşkent şahrida 2018 yil 11 iyun kuni “Terrorizmga olib keluvçi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşişda yoşlarning roli” mavzusida xalqaro konferensiya öz işini boşladi. 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti şafeligida ötkazilmoqda. 

Foto: Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Konferentsiyada BMT, YeI, YeXHT kabi nufuzli xalqaro taşkilotlar, AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Latviya, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Quvayt, Qozoğiston, Qirğiziston, Afğoniston singari mamlakatlar delegatsiyalari, xorijlik ekspertlar, senatorlar, deputatlar, Özbekiston yoşlar ittifoqi faollari, fan arboblari, OAV xodimlari iştirok etmoqda. 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari S.Safoyev, YeXHT boş kotibi T.Greminger, BMT boş kotibining yoşlar masalalari böyiça elçisi Jayatma Vikramanayake, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili P.Burian, BMTning Aksilterror boşqarmasi tarkibidagi Aksilterror markazining siyosiy masalalar böyiça maslahatçisi Kanging Go, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Q.Quronboyev, Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.Norov anjuman iştirokçilarini qutlar ekan, bugungi kunda tajovuzkor ekstremizm va terrorizmning tarqalişi butun dunyoda xavfsizlikka raxna solayotganini, uşbu global xatarga qarşi jahon hamjamiyati birgalikda kuraşmoği lozimligini ta'kidladilar.

E'tirof etilişiça, bu borada Özbekiston tutayotgan yöl, körayotgan çora-tadbirlar va xalqaro miqyosda ilgari surayotgan taşabbuslar diqqatga molikdir. Xususan, Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida sözlagan tarixiy nutqida sönggi yillarda terrorizmga qarşi asosan kuç işlatiş yöli bilan kuraşiş usuli özini oqlamayotganini ta'kidlagan edi. Uşbu jarayonda ayniqsa yoşlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida şakllantiriş va tarbiyalaş eng muhim vazifa, çunki bugungi dunyo yoşlari soni 2 milliard kişini taşkil qilgani holda, ekstremistik faoliyat va zöravonlik bilan boğliq jinoyatlarning aksariyati 30 yoşga yetmagan yoşlar tomonidan sodir etilayotganiga jahon hamjamiyati e'tiborini qaratgan edilar.