Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan 1930-1938 yillarda sud hukmi bilan nohaq jazoga tortilgan 198 nafar şaxsga doir 11 ta jinoyat işi körib çiqildi. Bu haqda sud majlisida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, nohaq jazoga tortilganlar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar va qurolli qözğolonlar, terrorçilik, banditizm va şpionaj sodir etiş, Farğona viloyati hududida bosmaçilik harakatida qatnaşiş, partiya taşkilotlarida aksilşöro faoliyatini amalga oşiriş kabi jinoyatlarda ayblangan.

Boş prokuror örinbosari tomonidan 11 ta jinoyat işi böyiça Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida protestlar keltirildi. Oçiq sud majlislarida uşbu protestlar körib çiqilib, qanoatlantirilgan hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 198 nafar şaxsga nisbatan Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari çiqarilgan.

Sud işida oqlangan şaxslardan biri Sa’dulla Qosimov. U 1900 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1929 yil 3 martga qadar Özbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida işlagan. Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930 yil 21 iyundagi hukmiga köra Sa’dulla Qosimov mol-mulki musodara qilinib, ölim jazosiga tortilgan. Mazkur iş doirasida öşa vaqtda Qosimov bilan birga yana 6 kişi Özbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Ötkazilgan sud majlisida S.Qosimovning nabirasi F.Sa’dullayev tomonidan uşbu hukm ustidan berilgan kassatsiya şikoyati ham körib çiqilgan. Natijada S.Qosimov va boşqalarga nisbatan çiqarilgan ayblov hukmi bekor qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermagani sababli aybsiz deb topilgan va oqlangan. 

2024 yil 6 may kuni Oliy sud tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatağon qurbonlari röyxati:

— Qosimov Sa’dulla Raşidoviç, mol-mulki musodara qilinib, ölim jazosiga hukm qilingan;

— Şaripov Badriddin, mol-mulki musodara qilinib, ölim jazosiga hukm qilingan;