Hongkong, Singapur va Tayvan olimpiada medallari uçun eng köp mukofot puli tölaydigan davlatlar hisoblanadi. Bu haqda Kaktus.media naşri ma’lumot berdi.

Qayd qilinişiça, Hongkong olimpiada oltin medali uçun $768,5 ming, Singapur $737 ming va Tayvan $720 ming tölaydi, bu dunyodagi eng katta mukofot pullaridir.

Medallar kam – mukofotlar miqdori katta

Hongkong Olimpiadada Xitoydan alohida, öz bayroği ostida qatnaşmoqda. Oltin medal uçun Hongkong 768,5 ming dollar, kumuş va bronza uçun mos ravişda 384 ming va 192 ming dollar tölaydi. Jamoaviy sport turlarida medallar uçun mukofot yuqoriroq: birinçi örin uçun 1,5 million dollardan sal köproq, ikkinçi va uçinçi örinlar uçun mos ravişda 768 ming va 384 ming dollar. Qiziği şundaki, Hongkong quyi örinlarni ham taqdirlaydi: yakka sport turlarida törtinçi örin egalari 96 ming dollar va jamoaviy sport turlarida 192 ming dollar oladi. Beşinçidan sakkizinçigaça bölgan örinlar uçun - şaxsiy va jamoaviy musobaqalarda mos ravişda 48 ming va 96 ming dollar. Bunday saxiylikni tuşunsa böladi — Hongkong Olimpiya öyinlarida kamdan-kam hollarda medal oladi.

Singapur özining mukofot dasturi orqali, yakka sport turlari böyiça ğoliblarga 1 million singapur dollari (taxminan 737 ming dollar) taklif qiladi. Jamoaviy sport turlari böyiça ğoliblarga 2 million singapur dollari (taxminan 1,5 million dollar) tölanadi. Yuqoridagi summalarning 50 foizi kumuş medal sohiblariga, 25 foizi bronza medali sohiblariga beriladi. Hozirça faqat bir nafar singapurlik bunday mukofotga sazovor bölgan - suzuvçi Jozef Skuling 2016 yilgi Olimpiada öyinlarida 100 metrga batterflyay usulida suzişda ğolib çiqqan. Bu Singapurning birinçi va hozirça yagona oltin medalidir.

Olimpiadada «Xitoy Taypeyi» rasmiy nomi bilan iştirok etayotgan Tayvan öz sportçilariga oltin uçun 720 ming dollar, kumuş uçun 252 ming dollar va bronza uçun 180 ming dollar taklif qilmoqda. Tokiodagi öyinlarda Tayvan 12 medalni qölga kiritdi, bu 2000 yilda örnatilgan rekordni ikki baravar oşirdi. Bundan taşqari, tayvanlik Olimpiada çempionlari hukumat dasturi doirasida bir martalik 20 million Tayvan dollari (600 ming dollar) va har oy 125 ming Tayvan dollari (4000 dollar) miqdorida umrlik stipendiya oladi.

Indoneziya, Qozoğiston, Malayziya, Marokaş, Italiya, Filippin, Tailand, Vengriya, Kosovo, Estoniya va Misr ham Parij Olimpiadasi medallari uçun olti raqamdan iborat mukofotlarni (112 ming dollardan 365 ming dollargaça) taklif qilgan.