O‘zbekiston | 08:18 / 24.04.2021
3658
2 daqiqa o‘qiladi

Navbahor tumanida mahallalar xodimlariga belgilangan ustama pullari to‘lab berilmaganligi ma'lum bo‘ldi

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 41 ta MFY xodimlariga prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938 – sonli farmoni bo‘yicha 2020 yil 1 iyuldan boshlab lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha maxsus ustama to‘lab berilmagan. 

Tuman Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida ushbu qonunbuzilish holati aniqlangan. Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdimnoma kiritilgach, 36 million 635 ming so‘m mablag‘ mahallalar xodimlariga to‘lab berilishi ta'minlangan.

Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Dildora Kattayevaning ma'lum qilishicha, bu kabi holatlarning oldini olish uchun tumanda viloyat prokuraturasi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat yuridik texnikumi bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir doirasida prokuratura, adliya organlari, FHDYo, soliq va bank xodimlari tomonidan fuqarolarga mehnat munosabatlari, o‘zini o‘zi band qilish, soliq to‘lovlari hamda boshqa masalalarda huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Mavzuga oid