Kun.uz’ga Navoiy viloyatining Navbahor tumanidan murojaat kelib tuşdi. Unda tumanning Guliston mahallasida taşkil qilingan har biri 0,5 gektarlik 40 ta issiqxonaning aksariyati qarovsiz yotgani, mas’ullarga qilinayotgan murojaatlar e’tiborsiz qolayotgani haqida gap boradi.

Murojaatçiga köra, mazkur issiqxonalar limonçilikka möljallangan bölib, 2020 yilda taşkil qilingan. Ularning har biriga “Turonbank” ATB tomonidan xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan 600 mln söm imtiyozli kredit ajratilgan. Ammo qurilganiga köp ötmay, kuçli şamol ularga zarar yetkazgan.

Issiqxonalar şu böyiça qarovsiz qolgan. Bugungi kungaça mavjud muammoni hal qilib, issiqxonalar faoliyatini qayta tiklaş böyiça harakat bölmagan.

Ma’lum bölişiça, mazkur issiqxonalar prezidentning 2020 yil 19 fevraldagi “Limonçilik tarmoğini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi sifatida taşkil etilgan. Mazkur qaror bilan 2020 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda işga tuşadigan limonçilik yönalişidagi loyihalarning manzilli röyxati ham tasdiqlangan. 

Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida Navbahor tumani hokimligi matbuot kotibi bilan boğlandi.

Hokimlikka köra, holat tuman hokimi Azamat Öroqov, “Turonbank” ATB viloyat filiali rahbari va boşqa mas’ullar iştirokida joyiga borib örganilgan.

“Uşbu issiqxonalarni barpo etiş uçun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Jahon bankining kredit liniya mablağlari jalb qilingan.

Tumanning Guliston mahallasi hududida 58.9 gektar yer maydonituman hokimining qarori bilan “Turonbank” ATBga ajratilgan. “Turonbank” tomonidan 20 gektar yer maydonda limonçilik issiqxonalari taşkil etiş uçun bank tomonidan 40 ta taşabbuskorga xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan 24,7 mlrd söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. 2020 yilda kuçli şamol oqibatida issiqxonalarga zarar yetgan.